X BOB. NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA TADQIQOT USULLARI




Download 4,04 Mb.
bet106/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

X BOB. NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA TADQIQOT USULLARI.


    1. Elektron mikroskopiya, atom kuchaytirgichli mikroskopiya, tunnel mikroskopiya.

Inson dunyoga keliboq unga oldindan ma’lum bo’lgan usullar bilan, ya’ni ko’rish, qo’l bilan ushlash, ta’m bilish orqali atrof-muhitni faol o’rgana boshlaydi. Birinchi odam paydo bo’lishidan to XVII asrgacha bu usullar olam to’g’risida axborot olishning yagona usullari bo’lib xizmat qilgan. Optika rivojlanishi natijasida birinchi teleskop va mikroskoplar yaratilishi, olimlarga inson ko’zi ko’ra oladigan chegaradan ancha ichkariga kirib borish imkonini berdi.
Inson o’zining ixtirochiligi bilan qanchalar g’ururlanmasin, uning juda ko’p yutuqlari asosida tabiatdan “ko’rib olgan” qonuniyat yotadi. Inson ko’zi kuzatilayotgan obyekt qismlarini farqlovchi ma’lum bir ajratuvchanlikka ega bo’lgan tabiiy optik qurilmadir. Normal ko’z uchun ajratuvchanlik (25 sm - eng yaxshi ko’rish masofasida) 0,1-0,2 mm ni tashkil qiladi.
Mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon hujayralari, kristallarning mikrostrukturalari o’lchamlari esa bu o’lchamdan ancha kichikdir. Bunday obyektlarni topish va o’rganishni mikroskoplarsiz amalga oshirib bo’lmasdi.
Mikroskop (grekcha “micros” - kichik va “scopeo” - ko’rish so’zlaridan olingan) ko’zga ko’rinmas obyektlarni kattalashgan tasvirlarini hosil qiluvchi optik qurilma. U juda ko’p fanlarning, jumladan, biologiyaning rivojiga inqilobiy ta’sir o’tkazdi. Tasvir sochuvchi yoki yig’uvchi linzalardan o’tish tufayli kattalashadi. Bu hodisani namoyish qiluvchi eng sodda asbob bu - lupadir.
Birinchi optik mikroskop 1609-1610-yilari Galiley tomonidan qurilgan. U ikkita linzadan iborat bo’lib, biri okular, ikkinchisi esa obyektiv deb ataladi. Buyumga yaqin tomonda joylashgan obyektiv tasvirni birinchi marta kattalashtiradi, ko’zga yaqin joylashgan okular esa tasvirni yana bir marta kattalashtiradi.
Odatda, namuna yupqa qatlam ko’rinishida olinib, undan o’tayotgan nurda ko’riladi. Shuning uchun buyum stolchasi ostida kondensor deb ataluvchi linzalar va yorug’lik manbayi majmuasi joylashgan bo’ladi. Ular manba yorug’ligini to’plab, uni quyiroqda turgan buriluvchi oyna orqali namunaga tushirib beradi. 10.1-rasmda optik mikroskopning ishlash sxemasi ko’rsatilgan.


Download 4,04 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X BOB. NANOFIZIKA VA NANOTEXNOLOGIYA TADQIQOT USULLARI

Download 4,04 Mb.