• Lazer nurlanishlarning umumiy ta’rifi .
  • A.Eynshteyn
  • V.A.Fabrikant
  • N.G.Basov, A.M.Proxorov
  • Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




    Download 4,04 Mb.
    bet112/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    Ultramikroskop (ultra... va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida ko’rib bo’lmaydigan mayda zarralarni ko’rishga xizmat qiladigan optik asbob. Ultramikroskop ko’riladigan obʼyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qo’llaniladigan obyektni yoritib kuzatish usuli o’rniga, bunda qorong’ilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. Ultramikroskopda obʼyektni yoritish uchun kuchli yorug’lik manbai va juda katta yorug’lik kuchiga ega bo’lgan optik tizimlar qo’llaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan obyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining ko’ziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorong’i maydonda o’zidan yorug’lik sochib turuvchi yorug’ nuqta bo’lib ko’rinadi. Turli xildagi ultramikroskop yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniqlanadi. Ultramikroskopiya yordamida
    2 10-9 m gacha kattalikdagi zarralarni o’rganish mumkin. Dastlabki ultramikroskopiya 1903-yilda avstriya olimlari G.Zidentopf (1872-1940) va R. Zigmondi (1865-1929) tomonidan yaratilgan.
      1. Lazerli nanotexnologiyalar.


    Lazer nurlanishlarning umumiy ta’rifi. Lazer nurining muhit bilan o’zaro fizik ta’sirining rivojlanishi hamda lazerlarning sanoatdagi ishlab chiqarilishi lazerni oddiy asbobdan har xil texnologik jarayonlarni o’tkazish qurilmasiga aylantirdi.
    Texnologlar tomonidan lazerga qiziqish lazer nurlanishning g’ayrioddiy xarakteristikalari bilan bog’liqdir. Yorug’likning monoxromatik dastasini olish ehtimolligi lazerni aloqa masalalarini yechishda, meterologiya va tibbiyotda almashtirib bo’lmaydigan nurlanish manbasiga aylantirildi. Lazer (dastasining) nurining yuqori jadalligi va monoxramatikligi gazli muhitlar va moddalarga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. U esa lazerlardan izotoplarni bo’lish, ximiyaviy reaksiyalarni o’tkazish va har xil biologik obyektlarga maqsadli holda ta’sir o’tkazish imkoniyatini yaratdi. Energiya oqimi zichligining yuqoriligi va quvvatning yuqori darajadaligi termik texnologik jarayonlarda lazer nurini (unikal) yuqori darajadagi takomillashgan qurilmaga aylantiradi.
    Lazer nuri uzluksiz doimiy amplitudali, impulsli va yuqori quvvatga ega bo’lishi mumkin. Ko’pgina qurilmalarda lazerdan boshqa manba orqali nurlanishni kuchaytirgich sifatida foydalaniladi. Kuchaytirilgan signal boshlang’ich signal bilan to’lqin uzunligi, fazasi va qutblanishi bilan mos keladi. Bu optik qurilmalarda juda muhim hisoblanadi. Yorug’likning oddiy manbalari nurni turli yo’nalishlarda keng diapazon bo’ylab sochadi.
    Bundan tashqari lazer bo’lmagan manbalarning nurlanishi odatda muhim qutblanishga ega bo’lmaydi. Aksincha, lazer nurlanishi monoxromatik va kogerent bo’lib, doimiy to’lqin uzunligi va aniq fazaga shuningdek ma’lum qutblanishga ega. Kogerent bo’lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo’lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnetik to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio to’lqinlari manbalariga o’xshash bo’ladi.
    Nurlanishning kogerentligi optik kvant generatorlarining qariyb hamma
    bo’ladi, chunki bu energiya kogerent bo’lmagan manbalardagi kabi dastavval uzatilayotgan energiyaga bog’liq bo’ladi. Lazerlarning nurlanishi kogerentligi bilan bog’langan ajoyib xususiyati shundan iboratki, energiya vaqt davomida, spektrda, fazoda tarqalish yo’nalishlari bo’yicha konsentratsiyalanadi. Ba’zi kvant generatorlarining nurlanishi yuqori darajada monoxromatik bo’ladi. Boshqa lazerlar davom etish vaqti 10-12 s ga teng bo’lgan juda qisqa impulslar chiqaradi, shuning uchun bunday nurlanishning oniy quvvati juda katta bo`lishi mumkin. Lazerlarning yaratilishi insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining ulkan yutuqlaridan biri desa bo’ladi. Lazerlar yaratilishining boshlanishi 1916-yilga borib taqaladi. O’sha yili buyuk fizik olim A.Eynshteyn birinchi bo’lib, majburiy nurlanish tushunchasini kiritdi va nazariy yo’l bilan majburiy nurlanish uni majburlovchi nurlanishga kogerentligini (mosligini) ko’rsatadi. 1930-yilda P.Dirak o’zi tomonidan yaratilgan nurlanishning kvantomexanik nazariyasi asosida majburiy nurlanish va uning kogerentlik xususiyatlarini chuqurroq va aniqroq taxlil qilib, tushuntirib berdi. Lekin bu lazerning yaratilishi uchun yetarli emas edi. 1930- yildan boshlab optik spektroskopiya sohasida ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari
    boshlanib ketdi.

    Bu izlanishlar natijasida atomlar, molekulalar, ionlarning energetik sathlari haqida ko’plab ma’lumotlar olindi va keyinchalik turli lazerlarning yaratilishida ishlatildi. Bu ishlarga S.Y.Frish va V.A.Fabrikant kabi Rossiya olimlari ham o’z hissalarini qo’shishdi. 1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi bo’lib, yorug’lik nurining majburiy nurlanish hisobiga kuchayishining imkoniyati borligini aytdi. 1951- yilning yozida, u o’zining xodimlari bilan majburiy nurlanish yordamida elektromagnit nurlanishni (ultrabinafsha, ko’rinuvchi, infraqizil va radioto’lqinlar sohasida) kuchaytirish uslubi uchun avtorlik guvohnomasini olishga taklif berishgan. Bu takliflarida lazerlarning faol muhitini yaratishning asosiy g’oyalari bayon etilgan edi. Lekin optik kuchaytirish g’oyalaridan tashqari, uni amalda bajarish va nihoyat kogerent nurlarning hosil qilish uchun o’ziga xos teskari bog’lanishli optik rezonator bo’lishi kerak edi.


    O’sha yillarda fanning optika bo’limida optik soha uchun rezonatorlar o’ylab topilmagan edi. Kvant elektronikasi yoki lazerlar fizikasining rivojlanishida radiofizikaning bo’limi bo’lgan radiospektroskopiya muhim omil bo’ldi. Uning keskin rivojlanishi 1940-yillardan boshlanib, ilmiy izlanishlar yo’nalishi atom va molekula spektroskopiyasidan tashqari vaqt va chastotaning, ya’ni o’ta yuqori chastota (O’YUCH) standartlarini yaratilishga bag’ishlangan edi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida 1950-yillarning boshlarida bir-birlaridan mustaqil ravishda N.G.Basov, A.M.Proxorov (FIAN, Rossiya) va Ch.Tauns (AQSH, Kolumbiya universiteti) tomonidan majburiy nurlanish g’oyalaridan amalda foydalanib, ammiak molekulasida ishlovchi molekulyar kuchaytirgich va generator (Mazer) yaratildi.

    Download 4,04 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

    Download 4,04 Mb.