Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




Download 4,04 Mb.
bet85/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Yorug’likning sochilish usullari.


Agar yorug’lik o’tayotgan muhit optik jihatdan bir jinsli bo’lsa, ya’ni uning sindirish ko’rsatkichi nuqtadan nuqtaga o’tganda o’zgarmasa, u holda bir xil hajmlarda yorug’lik to’lqini bir xil elektr momentlari induksiyalaydi, bu momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi kogerent to’lqinlar xosil bo’ladi.
Agar muhit mutlaqo bir jinsli bo’lsa, to’lqin fronti bir-biridan l masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi to’lqinlar bir-birini so’ndiradi. Bir jinsli muhitda yorug’lik sochilmay, faqat dastlabki yo’nalishda tarqaladi.
Yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli sharti - muhitning bir jinsli va ikkilamchi to’lqinlarning kogerent bo’lishidir. Real muhitlarda esa turli sabablar bilan yuzaga keladigan optik bir jinslimasliklar hamisha bo’ladi. Tajribalar ko’rsatadiki, yorug’likning sochilishi uchun muhitning bir jinsliligi buzilishi muhim ahamiyatga ega.
Elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’ladigan ikkilamchi to’lqinlar yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochadi.



8.4-rasm. Yorug’likning sochilishi.


Yorug’likning muhitda tarqalishida sochilishini Frenel nazariyasiga asosan ikkilamchi nurlarning interferensiyasi yordamida tushuntirish mumkin. Bir jinslilikning buzilishi bu fazoviy bir jinslimasliklarda yuz beradigan difraksiya hodisalariga sabab bo’ladi. Bunday mayda birjinslimasliklar tufayli bo’ladigan difraksiya yorug’likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi.


Tindal (1869-y.) ko’zga ko’rinadigan yorug’lik to’lqinining uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan zarralarda sochilishini birinchi bo’lib laboratoriya sharoitida kuzatdi. U osmonning zangori bo’lib ko’rinishiga Quyosh yorug’ligining yer atmosferasidagi mayda chang zarralarida sochilishidan bo’lsa kerak deb hisoblagan.
Optik birjinslimasligi yaqqol ko’rinuvchi muhitlarga xira muhitlar deyiladi.
Xira muhitlarda yorug’likning sochilishiga Tindal hodisasi deyiladi.

Xira muhitlarda yorug’lik sochilishini o’rganish tajribasi quyidagicha bo’ladi. Yon tomondan turib, A yo’nalishda kuzatgandan sochilgan yorug’lik S manbadan kelayotgan yorug’likka qaraganda zangoriroq bo’ladi; qalinligi


yetarlicha katta bo’lgan kyuvetadan B yo’nalishda o’tgan yorug’lik qizg’ish bo’ladi.






Download 4,04 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

Download 4,04 Mb.