Lazerli payvandlash va qayta toblash




Download 4,04 Mb.
bet93/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Lazerli payvandlash va qayta toblash. Lazerli payvandlashni boshqa turdagi payvandlash bilan solishtirib ko’raylik. Lazer nurlari bilan payvandlash
argon+elektr nurlari bilan payvandlashga nisbatan qayta ishlanayotgan material sirtiga energiyaning ko’proq to’planishini ta’minlaydi. Elektr nuri bilan payvandlashga nisbatan lazerli payvandlashni ishlatish ancha qulay: vakuumli sistema talab qilinmaydi, payvandlashni “shaffof oyna” orqali amalga oshirish mumkin. Lazerli payvandlash turlicha materiallarni han bir-biriga ulay oladi. Hosil bo’lgan tugunlar ham xuddi o’sha ulangan metallardek puxta chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu payvandlash mikoelektronikada simlarni bir-biriga ulash kabi katta operatsiyalarda keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda l-10 kWt quvvatda nurlantirilgan payvandlash usuli qo’llanilmoqda. Avtomatik lazerli payvandlash avtomobillarning kuzovini va kardan (avtomobilda va xususan mashinalarda oshiq- moshiqsimon mexanizm) devorlarini payvandlashda titan va amominid varaqlarini, gazli simlarni ulashda ishlatiladi. So’nggi yillarda shuningdek, metall bo’lmagan materiallarni ham payvandlash rivojlanmoqda.

Faraz qilaylik: elektron-nurli trubka ichidagi qandaydir sim uzilib kontakt buzildi. Shu qiyin joyni payvandlashda lazer nurlari qo’llaniladi (8.10-rasm).







8.10-rasm a) o’ta qiyin joylarni lazerli payvandlash; b) vakuumli yoki ichi gaz bilan to’ldirilgan kameralarni shaffof materiallar orqali lazerli payvandlash.


Chunki, faqat lazergina vakuumli ballonning oynasidan o’ta olishi mumkin. Xuddi shu yerda lazer nurlarining eng ahamiyatli: uning eng qiyin joylarda ham payvandlash imkoniyatga ega ekanligida ko’rinadi. Shu bilan bog’liq ravishda inert


gazi bilan to'’dirilgan kameradagi u yoki bu mikroelektronika elementlarini ham payvandlash juda katta qiziqish uyg’otadi. Bu holda oksidlarish reaksiyasining oldi olinadi. Keyingi yillarda ko’pgina mamlakatlarda lazerli qayta toblash usuli juda avj olib ketdi. U rezistorlar qarshiligini to’g’rilash, material sirtini chiniqtirish, parametrlar qatlamini mustahkamligi vakuum pechlarida oddiy usulda qayta ishlangan qatlamlardan 2-3 marta ortadi. Lazerlarning mikroelektronikada qo’llanilishi haqida quyida to’xtalib o’tamiz.
Sirtida lazerli qayta toblash ayrim uncha katta bo’lmagan uchastkalarning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida qo’llaniladi. Lazerdan foydalanish sirtqi qatlamni toblash, qayta ishlanayotgan detalni umumiy qizdirishsiz amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, sirtqi va ichki qatlamni barobar toblantiradi, jarayonni tez amalga oshirish paytida detalni oksidlanishidan saqlaydi. Shunday qilib, lazerli toblash tanlangan maydon sirtini ta’mir etishdir. Lazerli toblash avtomobil sanoatida dvigatel silindri (golovka) boshchasini, yetakchi klapanlar va taqsimlovchi vallarni mustahkamlashda ishlatiladi. Sirtning qattiqligini ta’minlash maqsadida ham lazerli legirlash (metallga boshqa metall qo’shib fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilamoq) qo’llaniladi. Legirlovchi prisadkalar kukun ko’rinishida qayta ishlanadigan maydon sirtiga sepiladi. Lazer bilan nurlantirish jarayonida qizdirilgan kukun va material aralashib yupqa qatlamli detal paydo bo’ladi. Keyingi yillarda termik qayta ishlashga oid yangi lazerli texnologik jarayonlar paydo bo’ldi. Shunday jarayonlardan biriga materialni shisha bilan qoplash jarayoni ham kiradi. Agar lazer bilan nurlantirilgan materialning ustki qismi tez sovutilsa uning sirtida yupqa (shishasimon) amorfli qatlam qaydo bo’ladi, u juda yuqori sifatli bo’lib, korroziyalarga bardoshliligi bilan ajralib turadi.

Download 4,04 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lazerli payvandlash va qayta toblash

Download 4,04 Mb.