Gazli-Lazerli kesish va termik qizdirish




Download 4,04 Mb.
bet91/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Gazli-Lazerli kesish va termik qizdirish. Ko’p yillardan beri kimyoviy reaksiya energiyasidan materiallarni kesishda kislorodli-atsetilenli olov foydalanib kelinar edi. Bunda materialni qirqish oksidlanish jarayonida ajralib chiqqan issiq energiya hisobiga yuz berar edi. Shunga o'xshash lazerli isitish va kislorodli oqimli (8.9-rasm) karbonat angidrid gazidagi lazerlar (CO2 lazerli) yordamida metallarni qirqishda foydalaniladi. Gaz oqimi bu holda qirqish zonasini oksidlanishidan saqlovchi muhim vazifani bajaradi. To’lqin uzunligi 10,6 mkm bo’lgan CO2 lazeri bilan nurlangan qayta ishlanayotgan materialga qaytarmali oyna va fokusga to’plangan linzalar orqali yuboriladi. Nur bilan birga kesish joyiga kislorod ham yuboriladi. Kesish jarayoni linza, fokuslari bilan detallarning aralashishi orqali yuz beradi. Bu texnologik jarayonning ahamiyati shundaki, 0,4 mmdan oshmagan kichik kesish kengligida eng yuqori tezlikda ish olib borish mumkin. Masalan yo’g’onligi l0 mmli titan minutiga 2,5 m tezlikda kesiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, titanga nisbatan issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan alyuminiy va mis kabi metallargan bunday qayta ishlash ta’sir etmaydi. Biroq kislorod o’rniga reaktiv (kimyoviy reaksiyani amalga oshirish uchun ishlatiladigan modda) bo’lmagan gazlar (azot va inert gazlarl) ishlatilganda bu usulni yuqoridagi metallarga ham ishlatish mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, bu gazlar kesish maydoni mato, fanerlar, qog’ozlar va plastiklarni bichish paytida materialni
kuydirib qo’yishni oldini oladi. Bunda inert gazning oqimi kesilgan joyning o’rnini sovitib, materialning yemirilgan qismlarini ajratib olish imkonini beradi.





8.9- rasm. Materiallarni gaz lazerli kesish qurilmasining sxemasi :


l) CO2 lazer nuri; 2) burilish oynasi; 3) germaniyli linza; 4) kesuvchi; 5) soplo;
6) qayta ishlanadigan buyum; 7) gazni yuborish.

Download 4,04 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazli-Lazerli kesish va termik qizdirish

Download 4,04 Mb.