Lazerli parmalash. Lazer texnologiyasi bilan parmalash istalgan materialni tesha olish imkonini beradi. U ayniqsa, chidamliligi yuqori bo’lgan olmos, yoqut, sopol kabi materiallarni qayta ishlashda juda qo’l keladi. Lazerli parmalash mexanik parmalashdan o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi, chunki qayta ishlanayotgan material bilan parmalash asbobi o’rtasida mexanik kontaktning
yo’qligi asbobning sinishiga yo’l qo’ymaydi hamda teshiklarning aniq ochilishini ta’minlaydi. Shuning bilar birgalikda ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Lazer texnologiyasi bilan parmalash, ayniqsa soatsozlikda yoqut toshlar, olmos tola va filtrlarni ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Shunday toshlarni parmalab ma’lum katta-kichiklikda parmalar yordamida teshikchalar ochish (diametri 0,05 mm) uchun 10-25 minutgina kifoya.
O’tgan asrning 60-yillaridan beri kam unumli parmalash metallarni bug’lantirish yo’li bilan teshik ochishga mo’ljallangan lazerli asboblar bilan almashtirilgan. Lazer qurilmalarining ishlab chiqarish unumdorligi bir sekundda bir teshik parmalash bilan tengdir. Bu esa mexanik parmalashdan ming marta yuqori unumdorlikka ega degan gapdir.
Juda ingichka sim olish uchun simlar juda kichik diametrli teshikchalardan o’tkazilib ingichkalashtiriladi. Bu teshikchalar (ingichkalashtirish kanallari) juda qattiq metallar, masalan olmosli qotishmalarga o’tkaziladi. Hammadan ham olmosdan o’tkazilgan teshikchalardan simni tortish (olmosli tola va filerlar) qulaydir. Lekin, eng yuqori qattiqlikka ega bo’lgan olmoslarni qanday qilib parmalash mumkin? Masalan, ularni mexanik parmalash 10 soatdan ortiqroq vaqtni talab etadi. Lekin, bu teshikchalarni kuchli lazer impulslariga ega bo’lgan seriyalar bilan parmalash juda oson kechadi.
Lazerli usullar bilan olingan olmos tolalar ko’p mehnat talab qiladigan operatsiyalar - filerlarda qora teshiklar ochish uchun qo’llaniladi. Lazerli parmalar faqat qattiq materiallardagina emas, balki o’ta mo’rtligi bilan ajralib turadigan materiallarda ham teshikcha ochish uchun qo’llaniladi. Misol uchun kulolchilikni olaylik. Lazerlar bilar sopolda diametri 10 mikrometrli teshikchalarni ham hosil qilish mumkin. Mexanik parmalash bilan bunday teshikchalar hosil qilish aslo mumkin emas. To’quvchilik sanoati uchun filerlarni tayyorlash oddiy mexanik yo’l bilan filer ishlab chiqarishda qo’llaniladigm plastinkalardan voz kechish imkonini
beradi. Darvoqe, kulolchilikda filerlardagi teshikchalami faqat lazerlar yordamidagina ochish mumkin.
Lazer texnologiyasini muvaffaqiyafli qo’llab teshikchalar ochishda dinamik muvozanatlashgan tez aylanuvchi detallar, turbina rotorlar istiqbolli soha hisoblanadi. Bir impuls lazer nurlanishida keragidan ortiq o’rtacha massadan bir milligrammgacha metall olib tashlanadi. Teshikchalar ochish lazer texnologiyasi, shuningdek EHMlarda xotira plastinkasi, mikroskop va elektron nurlanish trubkalari diafragrammalarini tayyorlashda ham qo'llaniladi.
|