Lazerlar yordamida qurilish materiallariga ishlov berish




Download 4,04 Mb.
bet90/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Lazerlar yordamida qurilish materiallariga ishlov berish. Keyingi 20 yil
ichida qayta ishlanayotgan materiallarni lazer qurilmalarini qo’llash bilan qizdirish usuli keng ishlatila boshlandi. Hozir to’la asos bilan shuni aytish mumkinki, “lazer
texnologiyasi” deb maxsus termin bilan ataluvchi bu yangi yo’nalish to’laligicha shakllandi: ya’ni, uning asosiy fizik xususiyatlari o’rganildi, asbob-uskunalar turkumi ishlab chiqildi, sanoat va ishlab chiqarish masshtabida yuzaga keluvchi qator texnologik muammolar hal etildi. Lazerlarni qo’llash natijasida mehnat unumdorligi keskin ortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanib, tannarxi pasaydi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishnrng ba’zi turlarini lazerlarsiz tasavvur qilish qiyin. Lazer texnologiyasi turli soha mutaxassislarini: texnologlar, apparaturachilar, turli uskunalar yaratuvchilarini hamda boshqa sohada ishlovchi barcha tadqiqotchilarni borgan sari o’ziga ko’proq jalb etmoqda. Xo’sh, lazer texnologiyasi qanday xususiyati bilan bunday e’tiborga sazovor bo’lmoqda? Bu savolga javob berishdan oldin qudratli lazer nurlarining boshqa modda - narsalarga qanday ta’sir etishini ko’rib o’tamiz.
Lazer nurlarining moddalarga ta’siri shundan iboratki, uning kvantlari atom va molekulalar orqali qayta ishlanayotgan materialning ustki qatlamlariga energiya berib turadi. Lazer bilan nurlantirilgan sirtdagi zichlik quvvati qisqa vaqt ichida bir kvadrat santimetrda yuzlab milliard vattga teng bo'ladi. Metallning sirtiga kuchli lazer nurini yo’naltirib, uning intensivligini tobora oshirib boramiz. Nurning intensivligl l05 Wt/sm2 ga yetganda metallning erishi boshlanadi. Sirtning yaqinida nurli dog’ ostida suyuq metall paydo bo’ladi. Lazer nurining intensivligini 106-107 Wt/sm2 gacha yetkazamiz. Endi erish bilan birga materialning intensiv ravishda bug’lanishi ham boshlanadi, natijada metall sirtida chuqurcha hosil bo’ladi. Nurning intensivligi o’rtacha 109 Wt/sm2 ga yetganda nur moddaning bug’larini tezlik bilan ionlashtirib plazmaga aylantiradi. Bunda nur intensiv ravishda plazmaga yutila boshlaydi. U lazer nurlarini materialning sirtiga o’tishini to’sib qo’yadi. Materialni lazer nuri bilan qayta ishlashda plazmaning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Demak, nurning intensivligi uncha katta bo’lmasligi kerak. Shundan ko’rinib turibdiki, materialning xususiyati va qaysi turda ishlanishidan qat’iy nazar, nurlanishning ma’lum energetik va vaqtinchalik xarakteristikali turlaridan to’la foydalanish mumkin. Masalan materialni bir-biriga payvandlab
ulash uchun unga intensiv bo’lmagan va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan
impulsli (davomiyligi 10-2-10-3 sm) kerak bo'ladi, teshik ochish uchun esa materialning bug’lanish tezligini oshirish maqsadida juda qisqa impulslar qo’llanadi.
Lazerli texnologiyaning afzalligini materialni qayta ishlashdagi yuqori sifatli aniqlikka erishish, turlicha fizikaviy va mexanik xususiyatga ega bo’lgan har xil turdagi materiallarni payvandlash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini yaratadi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirib, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Yuqorida sanab o’tilgan afzalliklar asosida qator diqqatga sazovor yangi va samarador lazerli texnologik jarayonlar yaratildi. Shulardan ba’zilarni ko’rib o’tamiz

Download 4,04 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lazerlar yordamida qurilish materiallariga ishlov berish

Download 4,04 Mb.