Tavakkalning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan fikr yuritish usuli xavfsizlik texnikasi, mutlaq xavfsizlikni yaratib berishga asoslangan. Ammo bunday holatni (ya’ni, T=0) yaratib berish amalda mumkin emas. Shuning uchun, yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan (YQB) «T» ning fikr yuritish usuli qabul qilinadi. «T» o‘z ishiga texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni oladi. «T» da ayrim murosalarga borishga to‘g‘ri keladi.
Texnik tizimning xavfsizligini ko‘tarish uchun iqtisodiy imkoniyatlarning cheksiz emasligi ma’lum. Agar xavfsizlikka qancha ko‘p xarajat qilinsa, ijtimoiy sohalarga shuncha kam xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Tavakkalning YQB mintaqasi shunday minimal chegaraki, unda ijtimoy va texnik mablag‘lar ma’lum mutanosiblikka ega (2.1.-rasm). Tavakkalni tanlashda uni hisobga olish kerak va jamiyat shu bilan qanoatlanishga majbur.
Jahonning ayrim mamlakatlarida, masalan, Gollandiyada tavakkalning YQB qiymati qonuniy asosda belgilangan. O‘lim hodisalarining maksimal YQB darajasi bir yilda 10-6 deb olingan. Odatda, tavakkalning YQB mintaqasi 10-8 bo‘lsa, bu juda kichik qiymat hisoblanadi.
1.1.-rasm. Tavakkalning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan mintaqasi aniqlash sxemasi.
Tavakkalning YQB mintaqasi tushunchalari bizda hali qabul qilinmagan va to‘liq amalga oshirilmagan. Bunday tashqari ayrim mutaxassislar bunga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Ularning fikricha, xavfsizlikni bunday baholash insonparvarlik nuqtai nazaridan yiroqdir. Haqiqatda esa, hozirgi mavjud usullardan, tavakkalning YQB mintaqasi usuli 2-3 daraja jiddiy sanaladi.
Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko‘tarish, xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy masalasidir. Buning uchun mablag‘ni 3 yo‘nalishda sarflash kerak:
-ishlab chiqarish texnik tizimlari va ish ob’ektlarini takomillashtirish;
-malakali ishchilarni tayyorlashga;
-favqulodda oqibatlarni yo‘qotishga;
Sarflarni bular orasida qanday bo‘lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o‘tkazish lozim, unda ham aniq fikrga kelish qiyin. «Tavakkal» boshqarish texnika doirasida xavfsizlikning oldini olishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda texnik, ma’muriy, tashkiliy yo‘llarga iqtisodiy usul ham qo‘shiladi.
|