|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 13/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Mehnat muhofazasi nima?
18 yoshga to‘lmaganlarni ishga qabul qilishda uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi muhimmi?
Tibbiy ko‘rikdan ishchilarni o‘tkazish tartibi qanday?
Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandisni vazifasi nimalardan iborat?
Agar korxonada mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis bo‘lmasa uning funktsiyasi kim tomonidan bajariladi?
Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni ayting?
Korxona rahbarini mehnat muhofazasi bo‘yicha javobgarligi nimalardan iborat?
Mehnat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirilishi haqida tushunchangiz?
Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish nimalarga olib keladi?
Ma`ruza : Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari.
Reja:
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha texnik xodimlarning javobgarligi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: mehnat muhofazasi, qonunlar, standartlar, nizomlar, qarorlar, qoidalar, mehnat kodeksi, konstitutsiya, xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti, kasaba uyushmasi.
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari mazmuni.
Mehnat muhofazasi – huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy texnologik va sanitariya me’yorlari sistemasi bo‘lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta’minlaydi. Mehnat muhofazasi hayot faoliyat xavfsizligi fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini o‘rganadi. Aniq muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun xavfsizlikni taminlash har bir fanning mutaxassislik kursida beriladi.
Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug‘ bobokolonlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, zamondoshlarimizdan N.D.Zolotnitsskiy, N.V.Solovyov, D.A.Kelbert, V.L.Gintillo, M.I.Grimitlin, M.N.Nabiev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir.
1992 yilning 8-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo‘ldi. Hech bir davlat
o‘zining Asosiy qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqaroning huquq va erkinliklarini, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari hamda strategik yo‘nalishlarini mustahkamlamasdan turib, demokratik, huquqiy suveren davlat bo‘la olmaydi. Respublikamiz konstitutsiyasi demokratik, xalqaro miqyosda e’tibor berilgan me’yor va talablarga javob beradi deyishga to‘la asosimiz bor.
Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar talablariga javob bergan holda mehnat xavfsiz va samarali bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va ijtimoiy barqarorlikni yetarli emasligi ishchilarni ishlash bo‘yicha huquqlariga, ularning mehnatini muhofazalash, talab darajasidagi ish sharoitlarini yaratishga oid muammolarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Barcha hamdo‘stlik mamlakatlaridagi kabi O‘zbekistonda ham so‘ngi yillarda deyarli ko‘pchilik xalq xo‘jaligi sohalarida mehnat sharoiti yomonlashuvi tendentsiyasi kuzatildi. Ishlab chiqarishda yangi tashkil etilayotgan xususiy sektorlarning unumini ortishi bu sohadagi ko‘rsatkichlarni yanada pasayishiga sabab bo‘ldi. Bunday ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar mehnatini muhofazalash, ularga talab darajasida mehnat sharoitini yaratish haqida ushbu soha mas’ullari turli sabablarga ko‘ra yetarlicha e’tibor qarata olmayapti deb bo‘lmaydi. Ularning ayrimlari bu sohada etarli bilim va tajribaga ega bo‘lmasa, ayrimlari bu haqda umuman tushunchaga ega emas desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, bunday ishlab chiqarish sub’ektlarini chiqarish rahbarlar, ish yurituvchilar, ish boshilarining ichida o‘rta ma’lumotli, o‘rta maxsus ma’lumotli rahbarlar ham yetarli. Ba’zan mutaxassisliklari ishlab chiqarish yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmaydigan xodimlar ham ular ichida uchrab turadi. Yuqorida aytilgan kamchiliklardan tashqari mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatlari etarlicha, samarali nazorat qilinayapti deyish kiyin. Ishchilarni ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini taminlash bo‘yicha asosiy me’yoriy qonunchilik aktlarining qabul qilinishi bilan hozirgi vaqtda bu muammolar holat
birmuncha ijobiy tomonga o‘zgarmoqda.
Xavfsiz mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 37-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.
moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” deyilgan. Matn davomida “ Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunga ko‘rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog‘ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi” deb qo‘yilgan.
|
| |