|
Yonginga karshi suv ta`minoti
|
bet | 125/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Yonginga karshi suv ta`minoti
Sanoat korxonalarida yonginga karshi samarali kurashish maqsadida o‘t o‘chirish vodoprovod quvuri mavjud bo‘ladi. Bu vodoprovod kupincha xo‘jalik- maishiy va ishlab chikarish vodoprovodi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bu vodoprovod qo‘vurlariga suv kul, daryo, kanal, suv ombori, artezian qo‘duqlari, shaxar vodoprovod tizimi va boshqa manbalardan olinishi mumkin.
O‘t q’chirish uchun muljallangan suv ta`minoti manbaning turiga va ximoyalanuvchi ob`ektning xarakteriga karab vodoprovod qo‘rilmalarining soni belgilanadi. Odatda ochik manbalardan bo‘ladigan suv ta`minoti murakkab xisoblanadi. Bu sxema o‘z tarkibida suv chikarish inshooti, dastlabki suv kutargich nasoslari, suv tozalash qo‘rilmalari, toza suv xavzalari, suvni ikkinchi qayta kutarish nasosi stantsiyasi, suv bosimi xosil qiladigan minora (suv minorasi), quvurlar va ut q’chirish gidrantlari kabi kupgina kurilmalarni uz ichiga oladi.
Ko‘pgina sanoat korxonalarida o‘tga karshi suv ta`minoti korxona xovlisiga qurilgan suv xovuzlaridan olinadi. Suv hovuzlarining xajmi o‘t o‘chirishning mexanik vositalarini 3 soat davomida tinimsiz ta`minlab turishga mo‘ljallanadi. Ular korxona xududida shunday joylashtiriladiki, suv nasoslar ishlatilganda o‘t o‘chirish uzunligi 150 m dan, avtonasoslar ishlatilganda esa 200 metrdan ortib ketmasligi kerak.
Ma`lumki, suv korxona vodoprovodi tarmog‘ida bir xilda sarf bo‘lmaydi, suv bilan ta`minlash nasoslari esa ma`lum xajmda suv berib turadi. Korxona
vodoprovod sistemasida suv sarfini rostlash uchun, xamda baland-pastligi jixatidan xar xil bulgan nuktalarda bosimini rostlab turish uchun suv minoralari quriladi. Vodoprovod sistemasida suv sarfi kam bo‘lganda kelayotgan ortiqcha suv shu suv minorasiga tushadi va aksincha suv sarfi ortiqcha bo‘lganda shu minoradagi zahira suvdan ishlatiladi.
Minoraning idishidagi suv o‘n minutlik uzluksiz ishlatishga etadigan bo‘ladi. Xo‘jalik extiyojlari uchun sutkali suv sarfining 20 foiz miqdorida, nasoslarni avtomatik ravishda yurgizilganda esa 5 foiz miqdorida suv zahirasi olinadi. hozirgi paytda bakdagi suvning satxi pasayishi bilan nasoslarni avtomatik ravishda yurgizib yuborish uskunalari ko‘llaniladi. Bunday hollarda suv minorasidagi suv hajmi 5 minutlik uzluksiz sarflashga xisoblanadi.
|
| |