• YER QIMIRLASHIDAN SO‘NG
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet122/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    KO‘ChADA:


    1. Yuqori qavatli bino yo‘lakchasida turgan bo‘lsangiz ochiq joyga chiqishga xarakat qiling, chunki bino buzilsa bo‘lakchalari ustingizga tushishi mumkin. Elektr simlari o‘tgan liniyalar tagida xam turmang, uzilib ketishi mumkin.

    2. Bino yonidan yugurmang va bino ichiga kirmang bu xayotingiz uchun xavflidir, chunki buzilayotgan bino bo‘lakchalari ustingizga yoki o‘zingizni bosib qolishi mumkin.

    3. Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz, yuqori qavatli imorat, elektr simi, tik qiyalik ostiga, daryo o‘zani yoniga to‘xtamang.

    YER QIMIRLASHIDAN SO‘NG


    Yer silkinishi to‘xtagandan keyin, shikastlangan, lat egan, devor ostida qolgan odamlarga yordam byering.

    1. Yordamga muxtoj odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsating. Shikastlanganlarni yopig‘ich bilan o‘rang va shifokorlarga murojat qiling

    2. Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini ta’minlan, yer silkinishi natijasida ruxan shikastlaganlarga dalda bering.

    3. Engil buyumlar ostida qolganlarga iloji bo‘lsa yordam bering, bo‘lmasa yordam kelguncha kuting.

    4. Yong‘in o‘chog‘ini topsangiz iloji boricha o‘chirishga xarakat qiling.

    5. Elektr simlarini tekshiring agar uzilgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘ying.

    6. Suv quvuri yo‘lini tekshiring. Agar buzilgan bo‘lsa suv tarmog‘idan uzib qo‘ying.

    7. Gaz tarmog‘ini jo‘mragidan berkitib qo‘ying, agar gaz xidi chiqib turgan bo‘lsa aniqlash uchun gugurt yoki shamdan foydalanmang.

    8. Chiqindi suv quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini tekshirib ko‘ring.

    9. Xavfli tez yonuvchan suyuqliklar to‘kilgan bo‘lsa (benzin ximikatlar va boshqalar) buni tezda bartaraf qiling va bu xaqda boshqalarga xabar bering.

    10. Agar sizning yordamingiz kerak bo‘lmasa yer qimirlagan va vayron bo‘lgan joyga kirmang.

    11. Yerto‘la va maxsus yer osti moslamalar eshiklarini ochishda extiyot bo‘ling, chunki ustingizga suvoq o‘pirindilari yoki og‘ir qismlar tushishi mumkin.

    12. Telefonni keraksiz axbarotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon yordamga chaqirish, muxim xodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar xaqida axbarot berish uchun kyerak bo‘ladi. Shuni esda tuting, telefon liniyasini band bo‘lishi qutqaruv ishlarini foydali ishini kamaytiradi.

    13. Keyingi bo‘ladigan yer qimirlashini o‘zingiz o‘ylab chiqarmang yoki mish - mishlarga ishonmang yoki gap tarqatmang. Ishonchli axbarotlardan foydalaning.

    14. Agar siz vayronagarchilik ostida qolsangiz, sharoitni to‘g‘ri baxolang. O‘zingiz birinchi tibbiy yordam ko‘rsating, agar lozim bo‘lsa qon oqishini to‘xtating va jaroxatni bog‘lang.

    15. Oldingizda turgan odamga yordam ko‘rsating, u o‘zini tinchlantirib olsin. Vayronagarlikdan tashqarida qutqarish uchun yurgan odamlar bilan tovush va taqqillatish yo‘li bilan aloqa qiling. Kuchingizni tejang. Yodingizda tuting, albatta yordam keladi.

    16. Yodingizda bo‘lsin qayta silkinish xavfi ya’ni yer silkinishining qaytishi saqlanadi. Yer silkinishining qaytishi bir necha daqiqa, soat ba’zi vaqtlarda yertasi kuni xam sodir bo‘lishi mumkin.

    Shunday qilib, zilzila – ya’ni, yer qimirlashi tabiatning eng qo‘rqinchili va vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan tabiiy ofatlardan biridir. U yer sharining seysmik jixatdan faol xududlaridan vujudga keladi.
    O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyati xam xuddi shu seysmik faol rayonlaridan bo‘lib, ba’zi bir joylarida 9 ballgacha zilzila sodir bo‘lishi mumkin. Yer silkinishi 12 balli shkala bo‘yicha baxolanadi. Zilzilaning tashqi ko‘rinishi quyidagicha izohlanadi:
    1-3 balli - kuchsiz;
    4-5 balli - sezilarli darajada; 6-7 balli - kuchli va ta’sirli;
    8-10 balli - vayrongarchilikka olib keluvchi; 11-12 balli - xalokatli.
    Yer silkinishi va undan keyingi paytda paydo bo‘ladigan qo‘rquv va vaxima inson xayoti uchun juda xavflidir, inson bunday paytlarda qo‘rquvning engib, o‘zining boshqara olishi kerak.
    Demak, insoniyat zilzilani bashoratlash imkoniyatiga ega emas ekan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yer silkinishining zarar-oqibatlarini kamaytirish imkoniyatiga ega. Biz hozir bu imkoniyatlarni tartib bilan sanab chiqamiz:

    1. Binolarni mustahkamligini ta’minlash (qurilayotgan binolarni mustahkamligini oshirish, mavjud binolarni mustaxkamligini saqlash, engil qurilmalardan foydalanish v. b).

    2. Binolar ichidagi mebel va boshqa jixozlarni mustaxkam o‘rnatish (divan, krovat, stol-stullarni polga; jovon, shkaf va servantlarni devorga mustaxkam o‘rnatish, qandil va boshqa osiladigan buyumlarni mustaxkam osish v. b).

    3. Zilzila sodir bo‘lgunga qadar bajariladigan ishlar (eng zarur xujjatlar va boshqa buyumlar xamda dori-darmonlar solingan sumka tayyorlash; uch kunlik (suv oziq-ovqat zaxirasi tayyorlash; bino ichidagi xavfsiz joylarni raqamlar bilan belgilab, o‘rganish; binodan tashqaridagi xavfsiz joyni va unga boradigan yo‘lni aniqlab o‘rganish v.b.).

    4. Zilzila payitidagi xarakatlarni aniqlab, o‘rgatish (vaximaga tushmaslik; extiyot choralarini ko‘rgan xolda, qaltis xarakatlanmay turish; zilzilaning qaytish xususiyatidan unumli foydalanib, tashqaridagi xavfsiz joyga chiqish; binodan chiqolmay qolganda, oldindan o‘rganilgan eng yaqin xavfsiz joylarni egallash v.b.).

    5. Zilzila to‘xtagandan keyingi xarkatlarni aniqlab o‘rgatish (o‘zini xolatini aniqlashni, oila a’zolari va yaqinlarini qidirib topishni hamda qutqarishni, eng zarur birinchi yordam ko‘rsatishni; mavjud yong‘inlarni cheklash yoki o‘chirishni; gaz, elektr va suv tizimlarini o‘chirishni; qo‘ni-qo‘shnilarga oilada bajarilgan tartibda yordam ko‘rsatishni; kelishi mumkin bo‘lgan yordam kuch va vositalari uchun yo‘l va yo‘nalishlar tayyorlashni o‘rgatish v. b.).

    Biz xozir yuqorida sanab chiqqan tadbirlar va ishlar, xar bir fuqaroning, qolavyersa, har bir jamoaning imkoniyat darajasidagi, ya’ni bajarsa bo‘ladigan ishlaridan iborat. Ushbu tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilaning zararli oqibatlarini bir muncha kamaytirishi mumkin.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   207




    Download 2,33 Mb.