• -Yonuvchi
  • Yonish turlari
  • O‘z-o‘zidan
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet124/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Yonish jarayoni. Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi. Yonishda asosan uch omil muhim rol o‘ynaydi, yonuvchi modda,

    yondiruvchi muhit, qizdirish jarayoni.
    -Yonuvchi modda – yog‘och, qog‘oz, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik moddalar kiradi.
    -Yondiruvchi muhit – havo tarkibidagi kislorod hisoblanadi.
    -Qizdirish jarayoni – yonish reaktsiyasi boshlangandan keyin qizdirish manbai bo‘lsa yonish tezlashadi.

    1. Yonish turlari. Yonish jarayonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

    -Chaqnash – yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib o‘chishi va yonishning davom etishi uchun aralashma tayyorlashning zarurati yo‘q;
    -Qizdirish natijasida yonishni vujudga kelishi;
    -Alangalanish – yonishning alanga olib davom etishi;
    -O‘z-o‘zidan yonish – moddalar ichida asosan organik moddalarda ro‘y beradigan ekzotermik reaktsiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o‘z-o‘zidan yonib ketishi;
    -O‘z-o‘zidan alangalanish – o‘z o‘zidan yonishning alanga bilan davomi;
    -Portlash - o‘ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil qilish bilan o‘tishi.
    Yonuvchi modda ma`lum haroratlarda o‘zidan yonuvchi bug‘lar ajratib chiqishi natijasida muqim alangalanish ta`minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb yuritiladi.
    Ba`zi bir, asosan, organik moddalar (torf, qipiq, paxta, ko‘mir mahsulotlari, qora-mollarning chiqindilari) o‘z – o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega.
    Buning asosiy sababi organik moddalar namlanganda, mikroorganizmlar rivojlanadi, natijada yuqori harorat hosil bo‘lib o‘z-o‘zidan qizish jarayoni deb ataladi.

      1. Download 2,33 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207




    Download 2,33 Mb.