QATTIQ YER SILKINISH DAVRIDA




Download 2,33 Mb.
bet121/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

QATTIQ YER SILKINISH DAVRIDA. Yer silkinishi davrida xotirjamlik va aql bilan ish ko‘rsangiz talofatsiz chiqishingizga ko‘proq imkoniyat yaratasiz. Shunda boshqa kishilar sizdan o‘rnak olishadi va bu bilan ular yutqazishmaydi.
Xonaning ichida:

  1. Agar siz yer yoki binoning devorlarida yoriqlar paydo bo‘lganligini sezib qolsangiz, asosan yuqoridan tushadigan jismlarga e’tibor byergan xolda xarakat qiling.

  2. Agar siz ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida yoki pishiq g‘ishtli va paxsali shaxsiy uylarda tursangiz yer qimirlay boshlagandan 15-20 sek ichida darxol uyning ichidan tashqari xovliga chiqib keting va elektr tarmog‘i, gaz trubalari va balandimoratlardan uzoqroqda ochiq joyda turing.

  3. Agar xonaning ichida qolsangiz oldindan ko‘zlab qo‘yilgan joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblar, oyna siniqlari tushadigan bo‘lsa, stol yoki krovatlar tagiga byerkinib oling. Maktab o‘quvchilari

partalarni tagiga kirib olib oynaga teskari o‘girilib bosh qismini va yuzlarini qo‘li bilan byerkitib olishlari zarur.

  1. Agar siz ko‘p qavatli uylar va imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida bo‘lsangiz xech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab chopmang, chunki ko‘p xollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalarning birinchi navbatda qulashi xollari kuzatilgan.

Bunday xollarda uyning eshigini ochib tashlang va eshikning o‘rniga turing. Eshik ochilishi qotib qolsa xavotir bo‘lmang bu xol imoratni qiyshayganidan bo‘ladi.

  1. Xar imoratning oynaband joylaridan uzoqroqda turishga xarakat qiling. Imoratning asosiy devori yonida turishga xarakat qiling.

  2. Birinchi etajdan yuqorida bo‘lsangiz oynali dyerazadan sakramang bino buzilmasa xam o‘zingiz lat eyishingiz mumkin.

  3. Sakrashga majbur bo‘lgan xolda oynani taburetka yoki elkangiz bilan sindirib keyin sakrang.

  4. Odamlar bilan gavjum joylarda (magazin, kinoteatr, maktab, oliygox, vokzal) qo‘rquvga byerilmay, binoning asosiy devorlariga suyanib yoki osilib turgan buyumlardan, lyustra, ventilyaor, reklama taxtasidan uzoqroq turish kyerak.

  5. O‘zingizni xotirjam tuting bu atrofingizdagilarga o‘rnak bo‘ladi.

  6. Yer silkinishlari oqibatida qishloq joylarda bir vaqtda, yer ko‘chmasi, sel bosishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin shuning uchun, tepalik ustiga yoki suv bosmaydigan yuqoriroq joyga chiqib olishga xarakat qiling.

  7. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki qo‘rqib ketgan xayvonlar tagida qolib ketishingiz mumkin.

Download 2,33 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   207




Download 2,33 Mb.