• GIDROGEOSEYSMOLOGIYA nima
  • ZILZILALARNI OLDINI OLISH ChORA-TADBIRLARI




    Download 2,33 Mb.
    bet118/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    ZILZILALARNI OLDINI OLISH ChORA-TADBIRLARI


    Zilzilalarni oldindan aytib berishda monitoring va prognoz ishlarini olib borilishi katta ahamiyatga ega. Zilzilalarni monitoring ishlari zilzilaga olib keluvchi omillarni rivojlanishini kuzatib borish va ma’lumotlarni to‘plash hamda taxlil qilishdan iborat. Shu sababli, hozirgi vaqtda zilzilalarni oldindan aytib berish uchun gidrogeoseysmologik metodlar asosida kuzatish punktlari respublikamizning barcha territoriyalarida tashkil etilgan. Bu esa to‘g‘ridan to‘g‘ri zilzila bashorati ma’lumotlarini yig‘ishga imkon byeradi.
    Hozirgi kunda zilzilalarni oldindan aytib berish sohasida olib borilayotgan kuzatish ishlari bir necha bosqichda olib boriladi.
    Birinchi bosqichda uzoq muddatli prognoz asosida zilzila qaerda taxminan qaysi yillarda qanday kuch bilan sodir bo‘lishi aniqlanadi.
    Keyingi bosqichda zilzilalar o‘rtacha va qisqa muddatga prognoz qilinadi. Seysmogen zonalarda maxsus o‘lchash asboblari yordamida zilzila darakchilari kuzatib boriladi. Zilzila darakchilari–yerning magnit, elektr, gravitatsion maydonlarining o‘zgarishi, ionosfera qatlamidagi o‘zgarishlar, yer sathining, yer osti suvlari sathining, ular tarkibidagi mikroelement miqdorinnig o‘zgarishlaridir.
    Bundan tashqari zilzilani bashorat qilishda qaerda qanday kuch bilan yer qimirlashini ko‘rsatuvchi puxta seysmik rayonlashtirish va mikrorayonlashtirish xaritalarni o‘rni katta. Seysmik rayonlashtirish deganda qayerda qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini aniqlash tushuniladi. Bunda yer qobig‘ining tuzilishi, undagi harakatlar, yerning fizik maydonlari, bo‘lib o‘tgan zilzilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar chuqur tadqiq qilinadi.


    GIDROGEOSEYSMOLOGIYA nima?


    Hozirgi texnika taraqqiyoti davrida zilzilalarni bashorat qilishning turli usullari mavjud. Bunday usullardan biri gidrogeoximik va geodinamik usullardan foydalanish natijasida yaratilgan gidrogeoseysmologiyadir.
    Bu usul zilzila kutilayotgan maydon chuqur qatlamlaridagi suvlar tarkibidagi kimyoviy elementlar, tuzlarning anomal o‘zgarishini hisobga olgan holda zilzilalarni bashorat qilishdan iborat. Sistematik ravishda gidrogeologik, gidroximik kuzatishlar yer osti suvlari tarkibida turli xil elementlarning bo‘lishi va ularning miqdori o‘zgarib turishini ko‘rsatadi.
    Faqat bizning respublikamizdagina emas, balki chet ellarda ham gidroseysmologik usul zilzilalarni oldindan aytib berish sohasida muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari (X.Kreyg, I.Fridman), Yaponiyada (Xirosi Vakito), Italiyada (M.Del-Aslio) va yer yuzining boshqa seysmoxavfli xududlarida bu usuldan keng foydalanib kelinmoqda.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ZILZILALARNI OLDINI OLISH ChORA-TADBIRLARI

    Download 2,33 Mb.