• ZILZILA DAHSHATI
  • YER NEGA QIMIRLAYDI
  • O‘zbekistonda 1900-2016 yillarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar ro‘yxatini ko‘rishimiz mumkin




    Download 2,33 Mb.
    bet114/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    O‘zbekistonda 1900-2016 yillarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar ro‘yxatini ko‘rishimiz mumkin


    t/r

    Sana

    Magnituda

    Ball

    Izoh

    1.

    16.12.1902

    6,4

    9

    Andijon

    2.

    28.03.1903

    6,1

    8

    Oyim

    3.

    21.10.1907

    7,4

    9

    Qoratog‘

    4.

    23.01.1912

    5,2

    7

    Namangan

    5.

    06.07.1924

    6,4

    7-8

    Qurshob

    6.

    12.07.1924

    6,5

    8-9

    Qurshob

    7.

    12.08.1927

    6,0

    8

    Namangan

    8.

    02.10.1932

    6,2

    7

    Tomdibuloq

    9.

    05.07.1935

    6,2

    8

    Boysun

    10.

    18.12.1937

    6,5

    7-8

    Pskom

    11.

    18.01.1942

    5,9

    7

    Yortepa

    12.

    14.02.1942

    5,5

    7

    Poytoq

    13.

    02.11.1946

    7,5

    9-10

    Chotqol

    14.

    02.06.1947

    5,9

    8

    Nayman

    15.

    19.07.1955

    5,2

    7

    Baxmal

    16.

    24.10.1959

    5,7

    7-8

    Burchmulla

    17.

    03.08.1962

    5,4

    7-8

    Markay

    18.

    17.03.1965

    5,5

    7

    Qo‘shtepa

    19.

    26.04.1966

    5,3

    7-8

    Toshkent

    20.

    13.03.1968

    5,1

    7

    Qizilqum

    21.

    08.04.1976

    7,0

    8-9

    Gazli

    22.

    17.05.1976

    7,3

    9-10

    Gazli

    23.

    31.01.1977

    5,7

    7-8

    Isfara-Botken

    24.

    06.12.1977

    5,3

    7

    Tovoqsoy

    25.

    10.12.1980

    5,5

    8

    Nazarbek

    26.

    06.05.1982

    5,8

    8

    Chimyon

    27.

    17.02.1984

    5,6

    7-8

    Pop

    28.

    20.03.1984

    7,3

    9-10

    Gazli

    29.

    15.05.1992

    5,5

    8

    Izboskan

    30.

    31.10.1998

    5,2

    7-8

    Qamashi



    ZILZILA DAHSHATI Yaqinginada, so‘nggi 10-15 yil mobaynida jahon miqyosida yuz byergan kuchli zilzilalar bir necha o‘n minglab kishilarni xayotdan olib ketganligi achinarli holdir. Jumladan 1999, 2003, 2004, 2006 yillarda Turkiyada, 2003, 2004 yillar Rossiyada, 2005 yil Pokistonda, Xindistonda, Eronda, Indoneziyaning Sumatra va Nias orollarida, Xind okeanida zilzila oqibatida yuzaga kelgan sunami xamda 2006 yil 10 avgustda Turkiyada yuz bergan zilzilalar daxshati hali-hanuz yodimizda.
    AQSh Smison instituti tabiiy ofatlar bo‘limi ma’lumotlariga qaraganda, 1947 – 2005 yillarda turli tabiiy ofatlardan qurbon bo‘lganlar soni bir yarim milliondan oshadi. Jumladan Siklon, bo‘ron, dovullardan qurbon bo‘lganlar soni qariyb 1 mln. kishini, zilzilalardan 280000, toshqinlardan 180000 va momaqaldiroq, sunami, vulqonlar otilishidan 62000 kishi qurbon bo‘lgan. Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy ofatlar ichida zilzila ikkinchi o‘rinda turarkan.
    YER NEGA QIMIRLAYDI? Yerimiz quyosh sistemasidagi planetalardan biri bo‘lib, u nihoyatda murakkab harakatga ega. Yer o‘zining fizik xossalari, zichligi, solishtirma og‘irligi, issiqligi, elektr o‘tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra turli qatlamlarga bo‘linadi.
    Yerning eng ustki qatlami uning qobig‘i deyiladi. Yer qobig‘ining chuqurligi quruqliklarda asosan 30-50 km ni tashkil etib, ba’zi joylarda 70 km gacha boradi, okeanlarda esa 6-8 kmga boradi.
    Keyingi qatlam mantiya bo‘lib, u 2900 km gacha davom etadi. So‘nggi qatlam 2900 km dan to yyerning markazigacha davom etib u yadro qatlamidir. Yer qobig‘i quruqliklarda cho‘kindi tog‘ jinslari, “granit” va “bazalt” qatlamlaridan iborat. Okeanlar ostida esa “granit” qatlami bo‘lmaydi.
    Yer qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar to‘xtovsiz bo‘lib turadi. Bulardan birinchisi-solishtirma og‘irliklari og‘ir jinslarning doimo pastga, engil jinslarning yuqoriga bo‘lgan harakati. Ikkinchisi-radioaktivlik xossasi asosida bir jinslardan ikkinchisining hosil bo‘lishi yoki jinslarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi natijasida energiya ajralishidir. Bunday reaktsiyalar sodir bo‘lishiga sabab, yerning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik mavjuddir.
    Bu esa radioaktivlik xossasiga asosan bir jinslarning ikkinchisiga aylanishiga va issiqlik energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan u yo‘qolib ketmaydi. Hosil bo‘lgan energiya yerning ostida juda katta hajmdagi jinslarni harakatga keltiradi. O‘z navbatida bu kuchlar yerning ustki qatlamlarini, yer qobig‘ini xarakatga keltiradi.
    Bundan tashqari, O‘rta Osiyo maydonida hozir tog‘ hosil bo‘lish jarayoni davom etmoqda. Ana shu tog‘ hosil qiluvchi tektonik jarayonlar zilzila sodir bo‘lishiga olib keladi. Eng asosiy sabab tog‘ hosil qiluvchi yer osti kuchlarining maydon bo‘ylab bir tekislikda tarqalmasligidadir.
    Hozirgi zamon geologiya fanida umuman tog‘larning hosil bo‘lishi va xususan zilzilalarning sabablari to‘g‘risida Plitalar tektonikasi nazariyasi muhim ahamiyatga ega.
    Agar yer sharining xaritasiga diqqat bilan qarasak, Amerika qit’asining sharqi bilan, Evropa va Afrika qit’alarining g‘arbi nihoyatda bir-biriga yaqinligini, shuningdek Avstraliya qit’asi shimoliy chegarasining, Afrika qit’asi janub-sharqi va Evroosiyo qit’asining janubiy chegaralariga yaqinligini ko‘ramiz.
    Plitalar tektonikasi nazariyasiga asosan, okeanlardan o‘tgan, tarkibi bazaltlardan iborat suv osti tog‘ tizmalari yerning chuqur mantiya qatlamidan uzluksiz oqib chiqayotgan magmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Keyingi hosil bo‘lgan jinslar avvalgilarini suradi, bu esa plitalar surilishiga olib keladi. Ushbu nazariya tarfdorlari fikricha, tog‘ hosil qiluvchi va xususan, zilzilalarni keltirib chiqaruvchi asosiy kuch gorizontal yo‘nalgan bo‘lib, u ikkita yoki bir nechta plitaning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro ta’siridan sodir bo‘ladi. Masalan O‘rta Osiyoda yuz byeradigan zilzilalarga sabab, janubdan shimolga harakat qilayotgan Hind plitasi bilan Evroosiyo plitalarining to‘qnashuvidir. Kuchli gorizontal siqilish tufayli yirik tog‘lar hosil bo‘ladi va shu jarayonda zilzilalar ham sodir bo‘ladi.



    Download 2,33 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda 1900-2016 yillarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar ro‘yxatini ko‘rishimiz mumkin

    Download 2,33 Mb.