|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 112/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiCHUQUR FOKUSLI zilzilalar gipotsentri 300 km dan 780 km gacha bo‘lgan yer silkinishlari hisoblanadi. Ular, asosan Tinch okeani va boshqa okeanlar bilan kontinentlar tutashgan joylarda ro‘y byeradi. Chuqur fokusli zilzilalar Markaziy Osiyoda bo‘lmaydi.
ZILZILALAR KELIB CHIQISh SABABLARIGA KO‘RA TURLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
TEKTONIK ZILZILALAR tabiatda eng ko‘p tarqalgan yer qobig‘idagi jarayonlar natijasida sodir bo‘ladigan yer silkinishlaridir.
VULQON ZILZILALARI vulqonlar otilganda ro‘y beradigan, energiyasi uncha kuchli bo‘lmagan yer silkinishlaridir. Ular uzoq yillar davomida vulqon kraterlarida to‘plangan katta bosim ostidagi lava qotib yotgan vulqon qopqog‘ini otib yuborganda ro‘y byeradi. Markaziy Osiyoda harakatdagi vulqonlar yo‘q bo‘lganligi uchun bizning mintaqada vulqon zilzilalari bo‘lmaydi.
O‘PIRILISh ZILZILALARI yer ostidagi bo‘shliqlarning to‘satdan o‘pirilishi yoki bosib qolishi vaqtida sodir bo‘ladi. Bunday zilzilalar kichik hajmdagi tog‘ massalari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun faqat kuchsiz yer tebranishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ular lokal xarakterga ega bo‘lib, aholiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Quyidagi jadvalda turli kuchga (magnitudaga) ega bo‘lgan zilzilalarning yillik o‘rtacha sonini keltiramiz:
Zilzilalar
|
Magnituda
|
Zilzilalarning yillik o‘rtacha soni
|
Dunyo miqyosidagi fojia
|
>8
|
1-2
|
Regional miqyosdagi talofatli
|
7-8
|
15-20
|
Lokal miqyosdagi kuchli
|
7
|
100-150
|
O‘rtacha kuchdagi
|
5-6
|
750-1000
|
Joylardagi kuchsiz shikastlantiruvchi
|
4-5
|
5000-10000
|
Kuchsiz
|
3-4
|
40000-50000
|
O‘ta kuchsiz, odamlar sezmaydigan
|
3
|
3000000-3500000
|
Yer kurrasi bo‘yicha yiliga o‘rta hisobda o‘n mingga yaqin kuchli va sezilarli zilzilalar bo‘lib o‘tadi. Ulardan 15-20 tasi fojiali va dahshatli hisoblanadi. Kuchsiz zilzilalar yiliga 40-50 mingga, o‘ta kuchsiz, biz sezmaydigan, lekin maxsus seysmograflargina qayd qiladigan zilzilalar nihoyatda ko‘p bo‘lib, yiliga ularning soni 3-3,5 millionga etishi mumkin.
|
| |