|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 111/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiIkkinchi nazariya plitalar tektonikasi deb nom olgan. Ma’lumki, yer uch asosiy qatlamdan - yerning qattiq qobig‘i (litosfera), qovushqoq mantiya (astenosfyera) va yadrodan iborat. Yer qobig‘i juda katta bo‘laklardan tuzilgan va ular plitalar deb ataladi.
Bu plitalar qovushqoq mantiya bo‘ylab juda sekin “suzib” harakatlanadilar. Mazkur xarakat davomida ular to‘qnashib, bir-biriga ishqalanadi va buning natijasida tog‘lar o‘sib, ulkan xududlarda yer ostida katta miqdorda enyergiya xosil bo‘lishi jarayoni boradi.
Markaziy Osiyo mintaqasi shimolga yiliga 5 santimetr tezlikda xarakat qilayotgan va Evroosiyo plitasi bilan muttasil to‘qnashuvda bo‘lgan Xind plitasi ta’sirida chuqur yer ostidagi yoriqlarda yig‘ilayotgan enyergiya ta’siri natijasidagi sodir bo‘ladigan zilzilalar xududida joylashgan.
ZILZILA - bu yerning ichki qatlamlarida yig‘ilgan tabiiy qo‘shimcha kuch ta’sirida mexanik enyergiyaning elastik seysmik to‘lqin energiyasiga aylanishi va atrofga tarqalishi natijasida sodir bo‘ladigan yer silkinishlaridir.
Yer silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi ZILZILA O‘ChOG‘I, uning markazi esa GIPOTSENTR deyiladi. Gipotsentrning yer yuzidagi proektsiyasi EPITSENTR deyiladi. Gipotsentr va epitsentr oralig‘idagi masofa ZILZILANING CHUQURLIGI deyiladi.
QOBIQ
QOBIQ zilzilalariga gipotsentri yer sathidan 70 km chuqurlikkacha joylashgan yer silkinishlari kiradi. Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda bo‘ladigan zilzilalarning barchasi ushbu gruppaga kiradi. Ularning chuqurligi asosan 10-40 km, ayrim hollarda Pomirda 70 km gacha boradi. O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda biz sezadigan zilzilalar o‘chog‘i yer qobig‘ida va qobiq ostida ro‘y byeradigan zilzilalardir.
QOBIQ OSTI zilzilalariga gipotsentri 70 dan 300 km gacha bo‘lgan yer silkinishlari kiradi. Ular, asosan Afg‘onistonning Hinduqush tog‘lari ostida sodir bo‘lib, ta’sir kuchi O‘zbekistonga ham etib kelishi mumkin.
|
| |