• O‘ZBEKISTONDA YUZ BERGAN ZILZILALAR
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet113/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    ZILZILALAR TARIXI


    Oxirgi yuz yil ichida sayyoramizda ko‘plab qurbonlar va vayronalarga sabab bo‘lgan kuchli zilzilalar bo‘lib o‘tdi. 1948 yilning 6 oktyabriga o‘tar kechasi Ashxabodda yuz byergan zilzilada yuz mingdan ortiq inson qurbon bo‘ldi. 1976 yili Xitoyda yuz bergan Tianshan zilzilasida 250 ming kishi xalok bo‘lgan.
    1988 yilning 7 dekabrida Armanistonda yuz bergan zilzila natijasida Spitak shaxri butkul vayron bo‘lgan va bir necha soniya ichida 25 mingdan ortiq inson qurbon bo‘lib, bir necha yuz mingdan ortig‘i jaroxat ko‘rgan. Yaponiyaning Kobe shaxrida 1995 yilda yuz bergan zilzila natijasida shaxarga o‘t ketib, 6 mingdan ortiq kishi xalok bo‘lgan. O‘sha yili Saxalindagi Neftegorsk shaxrida yuz bergan kuchli zilzila natijasida o‘nlab binolar qulab, 2 mingdan ortiq insonlarning umriga zavol bo‘lgan. 1988 yilning qishida Afg‘anistonda yuz bergan zilzila natijasida 5 mingga yaqin inson xalok bo‘ldi. 1999 yilning 17 avgustida Izmit shaxrida 14 mingdan ortiq qurbonlarga sabab bo‘lgan zilzilalar Turkiyani larzaga soldi.
    2001 yilda Xindistonda yuz bergan Gudjarat zilzilasida 13 ming kishi va 2003 yil Eronning Bam shaxridagi zilzilada 41 mingdan ortiq insonlar qurbon bo‘ldilar.
    2004 yil yakunida Xind okeanida yuz bergan kuchli zilzila natijasida xosil bo‘lgan okean to‘lqini-sunami 150 mingga yaqin insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi. Va afsuski, bu mash’um tabiiy ofatlar ro‘yxati toboro ortib bormoqda.


    O‘ZBEKISTONDA YUZ BERGAN ZILZILALAR


    Ko‘pchilik 1902 yilda Andijon shaxrini to‘liq vayron qilgan zilzila xaqida eshitmagan bo‘lsa ajab emas. 1907 yilda yuz byergan Qoratog‘ zilzilasi esa xozirgi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari xududi o‘rnida bo‘lgan o‘nlab aholi yashash punktlarini vayron qilgan. 1946 yilda Toshkentdan 300 kilometr uzoqlikda yuz byergan Chotqol zilzilasi poytaxtdagi binolarga ham shikast etkazgan.
    1966 yilning 26 aprelida Toshkentda Rixter bo‘yicha magnitudasi 5,3 ga va MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Shaxar markazining
    katta qismi zarar ko‘rib, 9 kishi xalok bo‘lgan va 2211 kishi yaralangan. 2 million kvadrat metr uy-joy yaroqsiz ahvolga kelib, 80 ming oila boshpanasiz qolgan, telefon aloqasi ishdan chiqqan. Binolarning shikastlanishi natijasida kasalxonalardagi joylar yarmiga qisqarib bemorlarning to‘rtdan uch qismi ko‘chada qolgan. Shaxar aholisining bir qismi vaqtincha 15500 dan ortiq chodir uylarda istiqomat qilgan.
    1976 va 1984 yillarda yuz byergan 9-10 ballik zilzilalar oqibatida Gazli shaxri ikki marta vayron bo‘lgan. Bo‘lib o‘tgan zilzilalar va xududning geologik tuzilishi o‘ziga xosligiga qarab olimlar seysmik rayonlashtirish xaritalarini yaratdilar. Mazkur xarita ma’lumotlari seysmik xududlardagi qurilish uchun asos bo‘ladi.



    Download 2,33 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207




    Download 2,33 Mb.