3-ball.
Kuchsiz zilzila
|
- Zilzila sinchiklab kuzatilganda osib qo‘yilgan narsalarning engil tebranayotganligi, yuqori qavatlarda bu tebranish kuchliroq seziladi.
|
4-ball.
Sezilarli zilzila
|
- Zilzila vaqtida uy dyerazalari,eshiklari,idishlar zirillaydi. Pol va yog‘och uy devorlari g‘ichirlaydi. Ochiq idishlardagi suyuqliklar chayqaladi.
|
5-ball.
Sezilarli kuchli zilzila
|
- Zilzila ta’sirida uxlayotgan odamlar uyg‘onib ketadi. Hayvonlar notinchlanadi.Binolar to‘la harakatga keladi. Osig‘lik buyumlar kuchli tebranadi.
|
6-ball.
Kuchli zilzila
|
- Zilzila ayrim kishilarni muvozanatdan chiqaradi.Uy hayvonlari sarosimaga tushadi.Ba’zi uylarda shishadan yasalgan idishva buyumlar sinishi, javondagi kitoblar tushib ketishi kuzatiladi.
|
7-ball.
Juda kuchli zilzila
|
- Zilzila oqibatida aksariyat odamlar muvozanatni yo‘qotadi. Avtomashinani boshqarayotganlar ham zilzilani sezishadi. Ayrim binolarda buzilish holati yuzaga keladi.
|
8-ball.
Binolarni kuchli zararlanishiga olib keluvchi zilzila
|
- Zilzila natijasida ba’zi joylarda daraxt shoxlari sinadi,Og‘ir mebellar suriladi, osig‘lik lampalar shikastlanadi, qabristonlarga o‘rnatilgan yodgorlik toshlari qulaydi.
|
9-ball.
Binolarni butunlay shikastlanishiga olib keluvchi zilzila
|
- Zilziladan aholi qattiq sarosimaga tushadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib yugurishadi. Ayrim hollarda temir yo‘l relslarining bukilishi, yo‘llarning zararlanishi ro‘y byeradi.
|
|