|
-ball.
Inshootlarning butunlay buzilishiga olib keluvchi zilzila
-
|
bet | 117/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi10-ball.
Inshootlarning butunlay buzilishiga olib keluvchi zilzila
|
- Zilzila oqibatida binolar buziladi, temir yo‘l relslari engil bukiladi, yer osti quvurlari uziladi. Yerda kengligi bir necha detsimetrga teng yoriqlar hosil bo‘ladi.
|
11-ball.
Talofotli zilzila
|
- Zilzila oqibatida puxta qurilgan inshootlar, ko‘priklar, temir yo‘llar jiddiy shikastlanadi. Yerda keng yoriqlar, uzilishlar, gorizontal va vyertikal surilishlar, ko‘plab tog‘ ko‘chkilari kuzatiladi.
|
12-ball.
Yer relefining o‘zgarishiga olib keluvchi zilzila
|
- Zilzila tufayli yer ostidagi va ustidagi barcha inshootlarning to‘la shikastlanishi yoki buzilishi kuzatiladi. Yerda katta yoriqlar vujudga keladi, yer relefida shiddatli o‘zgarish kuzatiladi.
|
MAGNITUDA. RIXTER SHKALASI. KLASS
1940 yillarning boshlarida amyerikalik tadqiqotchilar Ch.Rixter va Gutenberglar tomonidan zilzila quvvatining o‘lchami sifatida MAGNITUDA
tushunchasi kiritildi (magnituda inglizcha so‘z bo‘lib, kattalik ma’nosini bildiradi). Magnituda shkalasi ko‘pincha RIXTYER shkalasi deyiladi. Eng kuchli zilzilaning magnitudasi nazariy jihatdan 9 gacha etishi mumkin. Lekin shu vaqtgacha yer kurrasida kuzatilgan zilzilalarning eng kuchlisining magnitudasi 8,8 dan ortgan emas. Magnituda o‘lchamining afzalliklaridan biri – bu bitta stantsiyadagi yozuvga qarab ham zilzila kuchini aniqlash mumkin.
Zilzila energiyasi (E) Djoul o‘lchamida o‘lchanadi. Ko‘pincha matbuotda zilzilalar ball, magnituda o‘lchamlari bilan bir qatorda KLASS (K) bilan ham ifodalanadi. KqlgE. Masalan, zilzila enyergiyasi Eq1010 dj bo‘lsa, Kq10, ya’ni o‘ninchi klassli zilzila deyiladi.
|
| |