Vazirligi guliston davlat




Download 2,33 Mb.
bet37/207
Sana16.05.2024
Hajmi2,33 Mb.
#237676
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
Bog'liq
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Signalizatsiya


Mehnat xavfsizligini ta'minlashning texnik vositalari. Har qanday xo‘jalikka, korxonalarga yetkazib beriladigan har qanday qishloq xo‘jaligi mashinasi, agregati, mexanizmi va uskunalari baxtsiz hodisalarning oldini oladigan zamonaviy himoya
vositalari bilan jihozlanadi. Mehnat xavfsizligi to‘siq, tormoz, blokirovka, saqlash qurilmalari, signalizatsiya, shaxsiy himoyalanish vositalarini ishlatish, shuningdek ularning yaxshi ishlashini nazorat qilish bilan ta'minlanadi.
To‘siq qurilmalar. Xavfli zonalarni himoyalash uchun oddiy, ishonchli va arzon to‘siq qurilmalar keng ko‘lamda ishlatilmoqda. To‘siq qurilmalar insonni xavfdan himoyalash uchun xizmat qiladi. Ular qanday maqsadga mo‘ljallanganiga qarab har xil tuzilmali bo‘ladi. Shunga ko‘ra to‘siqlar doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Masalan, traktor orqa ko‘prigining, tasmali uzatmalar qutisining korpuslari doimiy to‘suvchi qurilmalardir. Doimiy to‘siqlarning afzalligi shundaki, agregat ishlayotganda ishchi xavfli zonaga kira olmaydi. Doimiy to‘siqlar siljuvchan va qo‘zg‘almas bo‘ladi. Siljuvchan to‘siqlarni to‘siqlarning olib qo‘yish yoki chekkaga surib qo‘yish mumkin. Vaqtinchalik to‘siqlar korxona, sex, uchastka territoriyasidagi ishlarni bajarish vaqtida ishlatiladi. Ularga misol sifatida muhofaza ekranlari, metall shchitlar, parda va boshqalarni keltirish mumkin. Sexda payvandlash ishlarini bajarishda atrofdagilarni elektr yoyning ravshan shu'lasi ta'siridan muhofaza qilishda, qurilish maydonchalari, transheyalarni to‘sishda, boshqa yerishlarini bajarishda vaqtinchalik to‘siqlar ishlatiladi.
Himoya to‘siqlari panjara, to‘rlardan iborat. Agar mexanizm ishini ko‘z bilan kuzatib turish zarur bo‘lsa, bunday hollarda to‘siq shaffof material (organiq shisha, selluloid va boshq.)dan tayyorlanadi.
Himoya qurilmalari. Mashina va uskunalarga qo‘yiladigan mavjud talablarga muvofiq har bir mashina, traktor yoki agregatda avariya holatidagi ish rejimiga mo‘ljallangan himoya qurilmalari bo‘lmasa, bunday mashina ishga yaroqli emas deb hisoblanadi. Himoya qurilmalarining ishlashini nazorat qilish parametri (zo‘riqish, bosim, harorat va h.k.) ruxsat etiladigan chegaradan chiqqanida avtomatik to‘xtaydi.
Barcha himoya qurilmalari to‘rt guruhga bo‘linadi:

  • mexaniq zo‘riqishlaridan saqlovchilar (turli xil muftalar, kesilib ketadigan boltlar, shtiftlar va b.);

    • mashina qismlarining belgilangan gabaritdan chiqishini saqlovchilar (yuk ko‘tarish mexanizmlarining chetki uzib-ulagichlari, ular mashinaning ish organi yoki mexanizmning siljishini cheklab turadi);

    • bosim yoki haroratning ko‘tarilib ketishidan saqlovchilar (konstruktsiyasi turlicha bo‘lgan klapanlar, ular idishdagi bosim ortib ketganida, traktorning gidrosistemasida moy, avtomobil va traktorning tormozlash sistemasida havo, ug‘ning harorati, qozon qurilmasida suv ko‘payib ketganda ochiladi va h.k.) ;

  • elektr tok kuchining ruxsat etiladigan chegaradan ortib ketishidan saqlovchilar (elektr tarmoqlaridagi eruvchan saqlagichlar, avtomatik uzib-ulagichlar, buzilgan elektr uskuna, asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib qo‘yadi).

Tormozlash qurilmalari. Mashina va uskunalarning harakatlanayotgan (aylanayotgan) elementlarini tez va asta-sekin to‘xtatish uchun tormozlash qurilmalari ishlatiladi. Bunlan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish, ko‘tarilgan yukning o‘z-o‘zidan pastga tushib ketishidan saqlash maqsadlarida ham ishlatiladi.Masalan, g‘ildirakli traktorlarning tormozlash qurilmalari traktorning
og‘irligi 4 tonnagacha bo‘lganida 20 km boshlang‘ich tezlikda tormoz berilganda quruq beton yo‘lda traktorni to‘xtatib qo‘yish kerak – tormoz yo‘li 6 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. To‘xtatib qo‘yish tormozining samaradorligi mashinalarni 36 % ga (200) ko‘tarilish yoki tushishda ishonchli tutib turishiga qarab aniqlanadi.

Download 2,33 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Download 2,33 Mb.