|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 38/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligiBlokirovka qurilmalari. Blokirovka – bu mexanizmlarni yoki ularning qismlarini muayyan holatda ishonchli mahkamlashni ta'minlaydigan vositalardir. Mashina, mexanizmda blokirovka qurilmalarining va boshqa saqlagich vositalarning bo‘lishi ishlovchining xavfsizligini ta'minlay olmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Masalan, agregatda to‘siq bo‘lishi ishchi shikastlanmaydi, degan gap emas, chunki ba'zi hollarda mexanizm yoki mashina to‘siqlarsiz ham ishlashi mumkin. Lekin ajralish tekisligiga to‘siq olinganda elektr zanjirni uzadigan kontaktlar o‘rnatilsa, bunda to‘siq bo‘lmaganda uskuna ishga tushmaydi. Uskuna to‘siq o‘rnatilgandan va kontakt ulangandan keyingina ishga tushadi. Bunday konstruktsiyadagi blokirovka qurilmalari metallga ishlov beradigan stanoklarning barcha turlarida o‘rnatiladi.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfsizliklardan ximoyalash uchun signalizatsiyadan keng foydalaniladi. Vazifasiga qarab signalizatsiyalar ogohlantiruvchi (mehnat xavfsizligiga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantiradi, transport vositalarining harakatini boshqarish), avariya haqida (xavfli ish tartibi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar) nazoratlovchi (ishlab chiqarish jarayonidagi harorat, bosim, suyuqlik miqdori va boshqalarni nozorat etish) va gaplashishga oid (bir mexanizm yoki agregatga xizmat ko‘rsatuvchi, bir guruh odamlar bilan operativ, ovozli va ko‘rish signallarini shartli bog‘lanishlaridir).
Harakati bo‘yicha quydagi turdagi signalizatsiyalardan foydalaniladi: yorug‘lik, ovozli, rangli, va belgi o‘rnatish. Yorug‘lik signalizatsiyalari transport vositalarida xavfsizlik vositasi sifatida keng foydalaniladi. Ular oldindan va orqadan kelayotgan transportdan ogohlantiradi. Shu maqsadda transportvositalari har xil signalizatsiya yoritish asboblari: faralar, o‘lchamlarini, burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar, stop-signallar bilan jihozlanadi.
GOST 12.4.026-76 quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi: qizil –
«man etish», «stop», «yaqqol xavflilik», sariq - «diqqat», «mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida ogohlantirish», yashil – «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo‘l ochiq», ko‘k –
«informatsiya».
Oxirgi vaqtlarda ishchi kiyimi va korjomalarini bo‘yash muammosiga juda katta e'tibor berilmoqda. An'anaviy qora va to‘q ko‘k ranglarni boshqa och ranglar bilan almashtiriladi. Xavfli doirada ishlovchi odamning kiyimi ish joyidan keskin ajralib turishi maqsadga muvofiqdir. Ochiq havoda ishlaganda to‘q sariq rangdagi kiyim maqsadga muvofiqdir. Bunday kiyimlarni temir yo‘llarni ta'mirlayotgan va yo‘l qurilishi ishlarida ishlayotgan ishchilar kiyadi.
Avtomatik ulash qurilmalari traktorni tirkama yoki osma mashinalar bilan avtomatik ulashni ta'minlab beradi. Avtomatik ulashlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga tadbiq etilishi mashinalarni agregatlashda sodir bo‘ladigan jarohatlanishlarni butunlay yo‘qotadi.
Masofadan turib kuzatish va boshqarish shu sharoitlarda olib boriladiki, operatorni ish doirasida xavfsizlik nuqtai nazardan yoki texnologik sabablarga ko‘ra mumkinmasligi, shungdek ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sharoitida samarasizdir. Masofadan kuzatish maxsus datchiklar, signalizatorlar, teleekranlar va nazorat-o‘lchov asboblari orqali olib boriladi. Masofadan turib boshqarish tizimlari, elektron-mashinalarida bajariladi.
|
| |