|
Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar
|
bet | 36/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi
Barcha mashina va mexanizmlarga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha yagona talablar qo‘yiladi. Ana shu talablarga muvofiq mashina va mexanizmlarni boshqarishning asosiy richaglari o‘ng qo‘l ostiga joylashgan bo‘lishi, har qaysi mashinada tovush signali, orqani ko‘rish oynasi, burilish va to‘xtash signallari bo‘lishi kerak.
Ish jarayonida mashina va mexanizmlardagi mahkamlangan joylar bo‘shashadi, zazor (tirqish) lar kattalashadi, moy, suv yoki yonilg‘i siza boshlaydi va hokazo. Shu boisdan pala-partish ko‘rsatilgan texnik xizmat avariya va baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, traktor yurish qismining mahkamlangan joylarini o‘z vaqtida tekshirib va taranglab turilmasa, u ag‘darilib ketishi mumkin. Agar mashina ishlayotgan vaqtda inson hayoti yoki salomatligiga xavf soladigan nuqson payqalsa, ishni darhol to‘xtatish kerak. Har bir traktorchi, kombaynchi, haydovchi mashinani ishlatishdan oldin uning texnik holatini tekshirib ko‘rishi kerak.
Mashinadagi har bir harakatlanuvchi detal havflidir. aylanayotgan val, yulduzcha, tishli g‘ildirak qo‘lni, turmaklanmagan sochni yoki kiyimni ichkariga olib ketishi mumkin. Shu boisdan mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari qalpoq, g‘ilof, kojux, to‘siqlar bilan berkitiladi. Ammo harakatdagi barcha qismlarni ham himoya qurilmalari bilan berkitib bo‘lmaydi. Shu sababdan xavfli zonada ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Xavfli doira hamma mashina va mexanizmlarda bor. Ular mashinalarning tashqi qismida (kombaynning parragi, qirquvchi apparat iva h.k.) va ichki qismida (yanchish barabani, tozalash ventilyatori, konveyerlar) bo‘lishi mumkin. Harakatga keltiruvchi dvigatelning aylanayotgan maxovigi atrofidagi doira xavfli hisoblanadi. Shu sababdan agar dvigatelni yurgizib yuborishning iloji bo‘lsa, maxovikni qo‘l bilan aylantirish man etiladi. Yurib ketayotgan mashinaning o‘zi ham xavfli doira hisoblanadi. Shuning uchun dvigatel ishlayotganida yoki mashina yurib ketayotganida uni moylash, rostlash va nuqsonlarini bartaraf qilish man etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan agregatlarga xizmat ko‘rsatayotganlar ish vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi: ishlab turgan mashina yaqinida echinib kiyinmasligi, o‘ziga mos bo‘lmagan jomakorda ishlamasligi, kiyimining etaklari (barlari) shalvirab osilib turmasligi kerak.
Traktor, kombayn va avtomobilda haydovchi asboblarining to‘la jamlanmasi, birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka, ichimlik suv solingan idish, zavod tomonidan beriladigan qo‘llanma bo‘lishi shart.
|
| |