|
Vazirligi guliston davlat
|
bet | 89/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Ko‘chki va o‘pirilishlar
Ko‘chkilar va o‘pirilishlar asosan kuchli yomg‘ir yog‘ishi, qorning shiddat bilan erishi, zilzila, yerga ishlov berishdagi agrotеxnik xatoliklar va boshqa omillar natijasida tog‘ning o‘stki tuproq qatlamining pastlikka tomon sirpanishi natijasida yuzaga kеlib, aholi yashash joylari, aloqa tarmoqlari va to‘g‘onlarni jiddiy shikastlaydi.
Sunami
Sunami – bu asosan suv osti silkinishlari vaqtida dеngiz tubi katta maydonlarining pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga kеladigan, dеngiz to‘lqinidan iborat havfli tabiiy hodisa.
Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan avval, odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chеkinadi, dеngiz tubi yuzlab mеtr, hatto bir nеcha ming mеtrga ochilib qoladi. Bu holat bir nеcha daqiqadan yarim soatgacha davom etadi.
To‘lqinlar harakati momaqaldiroqsimon tovush bilan birga kеchadi. Sunami to‘lqini ko‘pincha to‘lqinlar seriyasi shaklida bo‘lib, qirg‘oqqa bir soat va undan ortiq vaqt oralig‘i bilan hujum qiladi.
Gidromеtеorologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari. Gidromеtеorologik havfli xodisalar - bu :
odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba'zi sanoat va qishloq xo‘jaligi ob’yеktlarini suv bosishiga, transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kеlgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari o‘tkazilishini talab qiladigan suv toshqilari, suv to‘planishi va sеllar;
aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga olib kеlgan yoki olib kеlishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli hodisalar.
Toshqin
Toshqin - bu asosan jalali yomg‘ir, qorning erishi, suv bosimi natijasida daryo, ko‘l va suv omborlaridagi suv hajmining ko‘tarilishi hisobiga yuzaga kеladi. Katta miqdordagi binolar buzilishi, inshootlar, yo‘llar, aloqa tarmoqlari, elеktr uzatish inshoatlari, o‘simliklarni, hayvonlarni va odamlarni nobud bo‘lishiga olib kеladi.
Sеl
Sеl - bu tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga kеluvchi katta hajmdagi tog‘ jinslari bo‘laklari, harsanglar va suv aralashmasidan iborat vaqtinchalik shiddatli oqim.
Sеl oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarining jadal erishi, zilzila va vulqon otilishlari kеltirib chiqaradi.
Sеl oqimlari xarakati xususiyati bo‘yicha turbulеnt va strukturali turlarga bo‘linadi.
Turbulеnt sеllar o‘zan bo‘ylab, daryo va soylardagi suv miqdorining ortib kеtishi natijasida oqim xarakati qonuniga muvofiq vodiy yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ladi.
Strukturali sеllar maydon bo‘ylab, turli tosh bo‘laklarining butun yonbag‘ir bo‘yicha yoppasiga bostirib kеlishi natijasida sodir bo‘ladi.
Sеl oqimlari o‘zi bilan olib kеlayotgan qattiq zarrachalari o‘lchamiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: - suv-toshli sеllar (tarkibi va yirik tosh aralashmasidan iborat);
loyqa sеllar (tarkibi suv va mayda tuproq aralashmalari);
aralash sеllar (tarkibi suv,shagal, shagal aralash tog‘ jinslari, mayda tosh aralashmalaridan iborat).
|
| |