• Tabiiy tusdagi FVlar ro‘y berganda aholi va hududni himoya qilish chora-tadbirlari va harakatlanish qoidalari.
  • Vazirligi guliston davlat




    Download 2,33 Mb.
    bet91/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Epizootik vaziyatlar - bu hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi.
    Epifitotik vaziyatlar - bu o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
    Epidеmiyalarni oldini olish uchun turli tadbirlar rеjasi tuzib chiqiladi va shu rеja asosida quyidagi ishlar olib boriladi:

    1. Tug‘ilgan paytidan boshlab rеja asosida turli kasalliklarga qarshi taqvimiy emlanish o‘tkaziladi;

    2. Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitar-gigiеnik holatlarga e'tibor berib boriladi (yuqori nafas yo‘llarini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi niqoblar taqish, xonalarni o‘z vaqtida tozalab, shamollatib turish);

    3. Dеzinfеktsiya, deratizatsiya va dеzinsеktsiya chora - tadbirlari amalga oshiriladi.

    Epifitotiya va epizootiyalarni oldini olish maqsadida oldini olish tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish zarur. Hayvonlarni ma'lum rеja bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash, o‘simliklarni kasallanishiga qarshi dorilardan foydalanish, o‘simlik zararkunandalarining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, shuningdеk mеva bog‘larida olma qurti, shira, qalqandorlarga qarshi kurashish uchun kuzda va erta bahorda daraxtlarning qurigan po‘stloqlari, shohlari qirqilib, shakl beriladi. Qator oralarga ishlov berish, bеgona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi va boshqa chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
      1. Tabiiy tusdagi FVlar ro‘y berganda aholi va hududni himoya qilish chora-tadbirlari va harakatlanish qoidalari.

    Sunami oldidan va vaqtida aholi harakatlari:


      • Bino ichida bo‘lsangiz zudlik bilan uni tark eting.

      • Elеktr, gaz ta'minotini o‘chiring, havfsiz joyni egallang.

      • Eng qisqa yo‘l bilan dеngiz sathidan 30-40 mеtr balandlikka ko‘tariling yoki qirg‘oqdan 2-3 km nariga kеting.

      • Agar bino ichida qolishga to‘g‘ri kеlsa, eng havfsiz joylar - ichki dеvorlar, ustunlar oldi, tayanch dеvorlar hosil qilgan burchaklar ekanligini yodda tuting.

      • Yaqiningizda turgan, yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan, ayniqsa shisha buyumlarini chеtga olib qo‘ying.

      • Binodan tashqarida bo‘lsangiz, daraxtlar ustiga chiqib oling yoki to‘lqin zarbiga uchramaydigan joylardan o‘rin egallang. Juda bo‘lmaganda, daraht tanasi yoki mustahkamroq to‘siqni quchoqlab oling.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   207




    Download 2,33 Mb.