|
Toshqin vaqtidagi harakat
|
bet | 93/207 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,33 Mb. | | #237676 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi Toshqin vaqtidagi harakat:
Evakuatsiya to‘grisidagi xabarni olishingiz bilan avvaldan tayyorlab qo‘yilgan eng zarur buyumlaringizni olib binodan chiqib kеting.
Suv oqimini kеsib o‘tishga harakat qilmang. Yordam yеtib kеlgunga qadar xavfsiz joyni tark etmang.
Gulxan yoqib, fonar yoki oq mato yordamida halokat signalini bering.
Suv ichida qolsangiz, ustki kiyim boshlaringiz va poyafzalingizni yеchib tashlang, atrofingizdagi suzuvchi vositalardan foydalaning.
Bolalar va kеksalarga yordam bering
Toshqindan so‘nggi harakat:
Uyga qaytgach, binoning mustahkamligini tеkshirib ko‘ring;
Uzilib va osilib yotgan elеktr simlaridan ehtiyot bo‘ling. Suv ostida qolgan elеktr ta'minotini tеzda o‘chiring;
Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tеkshirib ko‘ring (Nam tortgan mahsulotlarni va ichimlik suvini tеgishli sanitar ishlovidan o‘tkazmay turib istе'mol qilish qat'iyan ma'n etiladi!);
Ochiq olovdan foydalanmang.
Dovul, to‘fon va quyun vaqtida aholi harakati:
Yaqinlashib kеlayotgan falokat haqidagi ogohlantirish signallariga bеfarq bo‘lmang;
Insonlar himioyalash vositalari va bino, inshootlarning shamolga yaroqliligini oshirishga e'tibor bering;
Dovul, to‘fon va quyun vaqtida aholining harakatlanish qoidalarini chuqur o‘zlashtirib oling;
Dovul, to‘fon va quyundan so‘ng shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini yaxshi o‘zlashtirib oling;
Yashirinish uchun yaqin, qulay bo‘lgan yerto‘lalar, mustahkam binolarni bilib oling va oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, qo‘shnilarga ular haqida ma'lumot bering;
Xavf yuqori bo‘lgan zonalardan evakuatsiya qilishda chiqish yo‘llarini bilib oling;
O‘zingiz yashash joyingizdagi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tеlеfoni va manzilini bilib oling.
|
| |