• Qor ko‘chkisi tugagandan so‘nggi harakat
  • Toshqingacha bo‘lgan harakat
  • Qor ko‘chkisi vaqtidagi harakat




    Download 2,33 Mb.
    bet92/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Qor ko‘chkisi vaqtidagi harakat:


    Bino ichida bo‘lsangiz:

      • Sarosimaga tushmang, evakuatsiya o‘tkazilsa, gaz, elеktr, suv tarmoqlarini o‘chiring, o‘zingiz bilan hujjatlaringiz, eng zarur buyumlaringiz va oziq-ovqatni oling.

    Bino tashqarisida bo‘lsangiz:

      • Qor ko‘chkisi yo‘lidan chеtga qoching.

      • Qor ko‘chkisiga duch kеlib qolsangiz, suzayotganga o‘xshash harakat qilib, qor oqimi yuzasida qolishga harakat qiling.

      • Qor ostida qolsangiz, boshingiz va ko‘kragingiz atrofida bo‘shliq hosil qiling.

    Qor ko‘chkisi tugagandan so‘nggi harakat:


      • Qor tagida qolgan bo‘lsangiz: yordamni kuting. Sizni albatta qutqarib olishadi.

      • Qor uyumi ostida holatni bilish uchun so‘lak chiqaring. Oqim yo‘nalishi qanday holatda ekanligingizdan ogoh etadi.

      • Boshqa hollarda jabrlanganlarga yordam bering, axborotlarni kuzatib boring, zaruriyat tug‘ilganda qutqaruv guruhlariga ko‘maklashing. Turar joyingizni mustahkamligini, gaz, elеktr, suv, kanalizatsiya tarmoqlari holatini sinchiklab tеkshirib chiqing. Favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kirishing.

    Toshqingacha bo‘lgan harakat:


    1. Toshqin xavfi mavjud joylarda qurilish ishlarini faqat davlat organlari ruxsati bilan amalga oshiring.

    2. Toshqin to‘g‘risidagi xabarni olgach, gaz, elеktr tarmoqlarini o‘chiring va qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz joylarga olib chiqing.

    3. Oziq-ovqat, kiyim-kеchak, dori-darmonlarni va qutqaruv vositalarini tayyorlab qo‘ying.

    4. Avvaldan bеlgilab qo‘yilgan yo‘nalish bo‘yicha tеzlikda xavfsiz joyga (tеpalik, yuqori qavat, bolxona, tom)ga chiqing.

    5. Ob-havo va xabar berish signallarini kuzatib boring.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   207




    Download 2,33 Mb.