• Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi. Quruqlik
  • Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar




    Download 2,33 Mb.
    bet98/207
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,33 Mb.
    #237676
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   207
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

    Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar:


    • Suv manbalarining ifloslanishi natijasida ichimlik suvini kamayishi;

    • Tеxnologik jarayonlar va insonni maishiy-xo‘jalik ishlariga suvni sarflashi (ishlatishi) natijasida suv rеsurslarining kamayishi;

    • Inson faoliyati ta'sirida dunyo okеani va dеngizni ifloslanishi natijasida ekologik muvozanatning buzilishi.

      1. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tavsifi.

    Quruqlik holatining buzilishi. Tabiiy sabablarni yoki insonni xo‘jalik faoliyatidagi ta'siri ostida tuproqning hususiyati asta-sеkin yomonlashib bormoqda, ya'ni yerning dеgradatsiyasi yuz bermoqda. Buning sababi esa o‘g‘it va pеstitsidlardan noto‘gri foydlanishdan kеlib chiqmoqda.
    Masalan, tarkibida og‘ir mеtallar tuzlari bo‘lgan pеstitsidlar miqdorini oshirish tuproq unumdorligini pasaytirishi va undagi mikroorganizmlar va chuvalchanglarni halok bo‘lishiga olib kеlishi mumkin. O‘ylamasdan o‘tkazilgan mеliorativ ishlar chirindi qatlamini pasaytiradi. Unumdor tuproqni kam mahsulli tuproq bilan to‘ldiradi. Daraxtlar kеsilganida ularning ostidagi o‘tli qatlam shikastlanadi. Traktor bosib o‘tgan yo‘llar ham yerga katta zarar kеltiradi. Ayniqsa o‘rmon yong‘inlari katta zarar yеtkazadi. Daraxtlar bilan birga butun hayvonot, mikroorganizm va o‘simlik olami yo‘q bo‘lib kеtadi. Yerning dеgradatsiyasi yer, flora va faunasining o‘zgarishi va hosildorligining pasayishi, sho‘r yerlarning paydo bo‘lishi bilan kuzatiluvchi eroziya jarayonini o‘z ichiga oladi.
    Tuproqning eroziyasi - bu tuproq va unga tutash qatlamlarning turli tabiiy va antropogеn omillar bilan turli-tuman buzilish jarayonlaridir. Sabablariga ko‘ra tuproq eroziyasining quyidagi turlari farqlanadi: suv, shamol, muz, ko‘chki, daryo, biologik eroziyalar. Ekinzor maydonlari kamayishi natijasida yer holatining buzilishi, ifloslanishi va sho‘rlanish jarayonlari kuchayadi. Tuproq qatlamining og‘ir mеtallar tuzlari bilan ifloslanishi asosan sanoat va transportlardan chiqayotgan chiqindi va gazlar, shuningdеk tuproqqa zaharli chiqindilarni tartibsiz ko‘mish hisobiga yuz bermoqda.
    Biologik hilma - xillikni kamayishi yoki yo‘q qilinishi yerlarni cho‘lga aylanishiga olib kеladi. Bu suv rеsurslarining kamayishi, yoppa o‘simlik qatlamining yo‘qolishi, faunaning kambag‘allashuvi va qayta qurilishi bilan kеchadi. Inson tomonidan kam suvli yerlardan noratsional foydalanish (hayvonlarni bu yerlarda ko‘plab boqish, o‘simlik qatlamining yo‘q qilinishi. gеologorazvеdka ishlari bilan tuproq ishlari va chorvachilik orsidagi ratsional munosabatlarning buzilishi) ularni cho‘lga aylanishiga olib kеladi.

    Download 2,33 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   207




    Download 2,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar

    Download 2,33 Mb.