|
Vazirligi samarqand davlat
|
bet | 3/16 | Sana | 04.09.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #270244 |
Bog'liq 8- mavzuTadqiqot maqsadi: Sinusoidal tebranishlar avtogeneratorini o‘rganish labaratoriya qurilmasini yaratishdan iborat.
Tadqiqot vazifasi: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini o‘rganish va yasashdan iborat.
Tadqiqot obyekti: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasida C o’zgaruvchan kondensator vositasida LC generatorning generasiya chastotasini o’zgartirish mumkin. Qurilmada yuqori chastotali signallarni amplituda modulyasiyalash jarayonini kuzatish nazarda tutilgan.
Tadqiqot usuli: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini yangicha usuldan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qattiq jismlar fizikasi kafedrasi “Radioelektronika asoslari” o‘quv labaratoriyasida LC generatorni o‘rganish laboratoriya qurilmasini yaratishdan iborat.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Yaratilgan labaratoriya qurilmasi past chastotali RC va yuqori chastotali LC generatorlarni ishlash jarayonini o‘rganish qurilmaning chiqish signallarini analiz qilish bilan nazariy ma’lumotlarga mos kelishini aniqlashdan iborat.
Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi sinusoidal tebranishlar generatorini o‘rganish va labaratoriya qurilmasini yaratishga yo‘naltirilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida avtotebranishlarni hosil bo‘lishi shartlari, generatorlarning turlari va ishlash jarayoni haqida yozilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida avtogeneratorlar ishlash
jarayonining nazariy asoslari, elektr prinspial sxemalari haqidagi nazariy ma’lumotlar berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida past chastotali RC va yuqori chastotali LC generatorlarni hisoblash usullari bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining oxirida o‘zlashtirilgan nazariy ma’lumotlar va
tajriba usulda yaratilgan. Sinusoidal tebranishlar generatori haqidagi xulosalar keltirilgan.
|
| |