• TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR
  • Kirish
  • Vazirligi samarqand davlat




    Download 0.65 Mb.
    bet1/60
    Sana28.09.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #85299
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    test kalito, Qahhorov Iskandar 2, 2.1-ma\'ruza (41-58), Biznes asoslari YN, 2 5393392752316648373, Diskret mustaqil ish, python darslik, Foydalanishlarni boshqarish, Mundarija kirish I. Bob. IoTning asosiy tushunchalari va texnolo, 1-uzb-dateline (6)

    O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA„LIM VAZIRLIGI


    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


    Yusupova Orziboni Sunnatovna

    TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR


    (O‗quv qo‗llanma)


    1
    Samarqand – 2021




    UO‗K: 494.3:01 KBK : 81.3 Уз Yu 91


    Yusupova O. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. O„quv qo„llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2021. – 180 b.
    Mazkur o„quv qo„llanmada “Tilshunoslik va tabiiy fanlar” fanini o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan asosiy mavzular berilgan bo„lib, bu tilshunoslikning boshqa fanlar bilan mUunosabati, fanlarning integratsiyalashuvi natijasida shakllangan tutash sohalar haqida talabalarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga, qo„shimcha ma‟lumotlar bilan ta‟minlashga mo„ljallangan.
    Oo„llanmadan filologiya ta‟lim yo„nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda ushbu fandan dars o„tuvchi prof- o„qituvchilar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
    Mas‟ul muharrir: filologiya fanlari doktori, professor Suyun Karimov
    Taqrizchilar: filologiya fanlari doktori, prof. Dilbar O„rinboyeva filologiya fanlari doktori, prof.Azamat Pardayev


    Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021-yil 30 noyabrdagi 5-bayonnoma qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
    ISBN 978-9943-6645-5-5




    2
    Samarqand davlat universiteti, 2021.

    Kirish


    XXI asr jahon tilshunosligida tilshunoslikning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi natijasida shakllangan sotsiolingvistika, antropolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, areal lingvistika, onomastika, kognitiv tilshunoslik kabi qator sohalar rivojlanmoqda, yangidan yangi nazariyalar, yo‗nalishlar shakllanmoqda. Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha o‗zbek tilshunosligida ham qator tadqiqotlar olib borilib, tilimizning boyligi, kuch-qudrati, ifoda imkoniyatlari, o‗ziga xos jihatlari, qirralari har tomonlama ochib berilmoqda. Mamlakatimizda O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyevning sa‘y-harakatlari bilan ona tilimiz rivoji, taraqqiyoti sari yangi qadamlar tashlanmoqda, tilimizning jahon arenasidagi o‗rniga e‘tibor qaratilmoqda, gullab- yashnashiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zero, yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‗lgan o‗zbek tili xalqimiz uchun milliy o‗zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma‘naviy boylik, buyuk qadriyatdir.1
    Ushbu sohalar bo‗yicha dastlabki ma‘lumotlardan filologiya ta‘lim yo‗nalishidagi talabalar xabardor bo‗lishlari zarurligi bois,
    ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ fani fan sifatida o‗tilmoqda. Mazkur fan tilshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar bilan munosabatini yoritish bilan talabalarning boshqa umumkasbiy fanlarni o‗zlashtirishiga zamin bo‗lib xizmat qiladi, bu boradagi asosiy bilim va ko‗nikmalarni hosil qilishda yordam beradi. Bu fan bilish bosqichlari, fahmiy billish va nazariy bilish, bilish haqida allomalarimizning fikrlari, fanlar tizimi va bu tizimda tilshunoslikning tutgan o‗rni, tilshunoslikning fiziologiya, nevralogiya, kimyo, fizika, matematika, kibernetika, geografiya bilan munosabati to‗g‗risida ma‘lumotlar beradi. Tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan aloqalari tufayli shakllangan neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi yo‗nalishlarning



    1 Президент Шавкат Мирзиѐевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019.
    shakllanish tarixi, maqsad va vazifalari, predmeti va obyekti haqida zaruriy bilimlar hosil qiladi. Ushbu fanda tilshunoslikning, nafaqat tabiiy fanlar bilan munosabati, balki ijtimoiy fanlar: falsafa, mantiq, tarix, etnografiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot bilan munosabatlari ham o‗rganiladi. Tilshunoslikning tabiiy fanlarga ta‘siri, tabiiy fanlar bo‗yicha atamalarni me‘yorlashtirish masalasi va lug‗atlar tuzish, bu borada olib borilayotgan ishlar, tilshunos olimlarning xizmatlari haqida bilim va ko‗nikmalar beradi.
    Ushbu fan bo‗yicha 2001-yilda A.Nurmonov, B.Yo‗ldoshevlarning ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ o‗quv qo‗llanmasi yaratilgan bo‗lsa-da, bugungi kunda fanlar integratsiyalashuvi kuchayishi natijasida yangi tutash sohalarning rivojlanayotgani, bu sohalarda ko‗plab tadqiqotlar yaratilyotgani, yangi nazariyalar shakllanayotgani ushbu fandan to‗ldirilgan, mukammallashtirilgan yangi qo‗llanmalarga zaruratni keltirib chiqarmoqda. Mazkur qo‗llanma shu zarurat mahsuli sifatida fanning namunaviy dasturi, ishchi o‗quv reja asosida tuzildi va ―Tilshunoslik va tabiiy fanlar‖ fanidan asosiy bilim va ko‗nikmalarni berishda manba vazifasini o‗tay oladi, degan umiddamiz.

    Download 0.65 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 0.65 Mb.