|
O‘qituvchilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati va roli
|
bet | 11/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 O‘qituvchilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati va roli
Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o‘qituvchilarning o‘rni
7 Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – P. 14.
8 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlar namoyon bo‘la olishi maqsadga muvofiqdir.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ishlari xorijiy davlatlarda ham jadal suratlarda olib borilmoqda.Shulardan bir nechtasi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Janubiy Koreya ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng samaralisi” deb tan olingan. Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti va texnikadagi yutuqlari “inson resursiga investitsiyani to‘g‘ri tikkanligida” deb ta’kidlashadi.Konfutsiy davridan saqlanib qolgan ziyoli odamga jamoat xizmati hozirgi kungacha bor.
Janubiy Koreyada 1980-yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli hisoblanadi. Janubiy Koreya ta’lim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga oshiradi: bu ta’lim va fan integratsiyasidir9.
Janubiy Koreyada O‘rta maktabning ko‘plab o‘quvchilari darsdan keyin qo‘shimcha kurslar “xagvonlar”ga boradilar, yoki xususiy repetitorlarga qatnaydilar. Alohida e’tibor ingliz tili va matematikaga qaratilgan. Ba’zi xavgonlar bitta fanga asoslanadi, ba’zilari barcha asosiy fanlarni qamrab oladi. Bu o‘z navbatida maktab mashg‘ulotlarining yanada qiyin bo‘lgan ikkinchi qismiga aylanadi. Undan tashqari juda irodali o‘quvchilar kurash turlari va musiqa maktablariga qatnashadilar. O‘quvchilar Shu tariqa darsdan keyin uylariga juda kech qaytadilar10. Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishadi.
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud11.
Yaponiyada davlat universitetlariga to‘liq o‘rta maktabni bitirib kirish mumkin. Qabul 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda abiturientlar markazlashgan holda universitetlarga qabul bo‘yicha Milliy markazlarda o‘tkaziladigan “Yutuqlar birinchi bosqichining umumiy testi”ni topshiradilar.
Testni muvaffaqiyatli topshirganlar universitetda o‘tkaziladigan kirish imtihonlariga kiritiladilar. Testdan yuqori ball olganlar davlatning eng nufuzli universitetlariga kirish uchun imtihon topshiradilar. Tadqiqotchi talabalar (Kenkyu-sei) mazkur universitet professori rahbarligi ostida ma’lum ilmiy mavzuni o‘rganish uchun bir yillik magistraturaga kiradi, lekin akademik daraja berilmaydi12.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda innovatsion texnologiyalar talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishda, malakali kadrlar tayyorlashda o‘z yutuqlarini namoyon qilmoqda.
9 R.Arum, M.Velez. Improving Learning Environments. r. 2012. P. 56.
10 Michael Grossley. Comparative and International Research in Education: Globalization, Context, and Difference. Routledge Falmer, 2003. P. 95-96.
11 Eduscol. education.fr./ dossiers. School Education in Franse. ISBN 978-92-9079-921-4. Available for free downloading from the CEPS website (http://www.ceps.eu) © CEPS, 2009. r. 15-23.
12 http://www.mext.go.jp/ Higher Education in Japan.
|
| |