• Anketa metodi.
  • Intervyu metodi
  • Ta’lim muassasasi xujjatlarni tahlil qilish metodi.
  • Test metodi.
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet7/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba- sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi.
    Anketa metodi. (frantsuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi.
    Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
    Ta’lim muassasasi xujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi xujjatlar quyidagilardan iborat: O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
    Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
    Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   301




    Download 0,96 Mb.