• Matematik-statistik metod
  • Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib




    Download 0,96 Mb.
    bet8/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib ko‘rish”) metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
    Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi.
    1. O‘qituvchi haqida tushincha


    Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir.
    Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiya, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
    O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”1.
    Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”, “tajriba qilib

    Download 0,96 Mb.