|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 1/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
SHARIFZODA SARDORBEK O‘ROZBOY TABIB O‘G‘LI
UMUMIY PEDAGOGIKA
(DARSLIK)
60110500 – BOSHLANG‘ICH TA’LIM
Toshkent- 2022
UO‘K:
ISBN
Sharifzoda, S.O‘.
Umumiy pedagogika: darslik / S.O‘. Sharifzoda. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – 410 b. Mazkur darslik universitetlar va pedagogika institutlarining bakalavr: 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tafsiya qilingan.
Darslik pedagogika sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi DTS, o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida tayyorlangan.
Muallif:
|
S.O‘. Sharifzoda - Urganch davlat universiteti “Pedagogika va
psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
|
Taqrizchilar:
Safarova Roxat G‘aybullayevna – O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti “Uzliksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ruziyev Erkin Iskandarovich – Urganch davlat universiteti “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil
-sentyabrdagi -sonli buyrug‘iga asosan 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlangan.
(Guvohnoma № )
© Sharifzoda S.O‘.
KIRISH
“Umumiy pedagogika” darsligi “Umumiy pedagogika” fanidan 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Yangi pedagogik texnologiya yutuqlari asosida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarini bajarish maqsadida, o‘quvchilarning tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumta’lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun bugungi kunda Davlat ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishda 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi uchun malakaviy talablarda belgilangan vazifalarni, hamda pedagogik faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur yoritish zarurligi, shuningdek, talabalarni o‘qitishda bo‘lajak pedagogning amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi muhim ahamiyatga egaligi sabab bo‘ldi.
Mazkur darslik 60110500 – “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi 3- semestrida o‘qitiladigan “Umumiy pedagogika” fani uchun tayyorlangan bo‘lib, ushbu fan o‘quv rejada jami 180 soat (6 kredit) ga mo‘ljallab tayorlandi. Darslikda bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy asoslariga doir materiallar, pedagogika nazariyasi tushunchasi,uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona pedagogik jarayonni tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini xosil qilish doir pedagogik ma’lumotlar va hozirgi davrda pedagogika tarixini o‘qitish, pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ularda yangicha tafakkurni tarkib toptirish, o‘qituvchi-tarbiyachi, yoshlar murabbiysi vazifalarini ijodiy bajarish, umumiy tayyorgarlikni ta’minlash, pedagogik g‘oyalarning eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi taraqqiyoti haqidagi, qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar zamonaviy, oxirgi pedagogik ilmiy-tadqiqotlar asosida shakllantirildi.
Darslikni yaratishda M.X.Toxtaxodjaeva, K.Xoshimov, S.Nishonova, S.Ochil, X.I.Ibragimov, Sh.A.Abdullayeva, R.G‘.Safarova va boshqa olimlarning tadqiqot ishlaridan samarali foydalanilganligi uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz.
Darslik, Umumiy pedagogika fanining, pedagogika fanining umumiy asoslari, didaktika (ta’lim nazariyasi), tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi va ijtimoiy pedagogika sohalariga oid ma’lumotlarni o‘z ishiga oladi.
Darslik haqida fikr va mulohazalaringizni sharifzoda_1978@mail.ru
manzilida qoldirishingiz mumkin.
|
| |