|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 2/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Muallif
Mavzu: Pedagogika faninig mazmuni va mohiyati, predmeti. Shaxs kamoloti ijtimoiy - biologik hodisa, pedagogik jarayon ob’yekti va subyekti sifatida
Reja:
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi.Ilmiy- pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif. O‘qituvchi haqida tushincha. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar. Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi. O‘qituvchilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati va roli. Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari. Bola shaxsi tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxs faolligi.
Tayanch tushunchalar:
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Bixeviorizm – XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Muhit – deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.1
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.2
1 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. B. 22.
2 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. B.18.
|
| |