• Umumiy pedagogika
  • Korrektsion (maxsus) pedagogika
  • Metodika
  • Pedagogik texnologiya
  • Pedagogik fanlarning tuzilishi




    Download 0,96 Mb.
    bet5/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    4. Pedagogik fanlarning tuzilishi


    Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:

      1. Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, amalga oshirish shakl, metod, vositalarini o‘rganadi.

      2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.

      3. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.

    O‘z navbatida korrektsion pedagogika uch qismga bo‘linadi: surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika.

      1. Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi.

      2. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.

      3. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.

      4. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.

      5. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan o‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirish muammolarini o‘rganadi.4

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301




    Download 0,96 Mb.