• Pedagogik fanlar tizimi
  • Pedagogika fanining asosiy kategoriya va tushunchalarilari




    Download 0,96 Mb.
    bet4/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Pedagogika fanining asosiy kategoriya va tushunchalarilari


    Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
    Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
    Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
    Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
    Bilimshaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
    Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
    Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
    Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
    Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
      1. Pedagogik fanlar tizimi


    Pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:

    1. Umumiy pedagogika.

    2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.

    3. Korrektsion (maxsus) pedagogika.

    4. Metodika.

    5. Pedagogika tarixi.

    6. Pedagogik texnologiya.

    7. Pedagogik mahorat.

    8. Ijtimoiy pedagogika.

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika fanining asosiy kategoriya va tushunchalarilari

    Download 0,96 Mb.