• Bolalar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet96/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Jamoa tushunchasi


    Jamoa (lotincha “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda “jamoa” tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
    O‘quvchilar jamoasi o‘ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir.
    Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
    Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
    Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
    1. Bolalar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari


    Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o‘rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
    Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
    Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi.
    Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maqlashadi, jamoa bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular o‘qituvchiik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Jamoa a’zolari o‘rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   301




    Download 0,96 Mb.