• Ixtiyoriylik.
  • Jamoa yo‘nalishi
  • Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi




    Download 0,96 Mb.
    bet95/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos

    xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

    1. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.

    2. Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.

    Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o‘zigina kam samara beradi. O‘quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqarlidir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tarbiya tizimida muammoning mana shu jihati birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Yuqorida qayd etilgan g‘oyalar to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda – yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.

    1. Download 0,96 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi

    Download 0,96 Mb.