Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlari




Download 0,96 Mb.
bet103/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlari


O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maqlashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.


69 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. – B. 24.


Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan xuquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati _eri. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.
Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o‘quvchilari uchun dolzarbligi, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan munosabatlari va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:

  1. etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida o‘zini tutish qoidalari va boshqalar);

  2. estetik mavzular (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi);

v) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, eri voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);
g) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, elektronika va boshqalar).
Suhbatlarning, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etish, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda ham tashkil etilishi o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar erin murojaat qilish juda muhimdir. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati eri.
Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar erin boyitilgan hikoyalarni eri qiziqish erin tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga _eri ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar _erin qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.O‘quvchilar o‘zlariga
yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi erin yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.

Download 0,96 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   301




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlari

Download 0,96 Mb.