• Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet100/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
    Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir o‘quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur.
    Jamoa faolini shakllantirishda o‘quvchilarning jamoadagi obro‘sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o‘zlari, albatta, o‘qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
    Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O‘qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo‘yadi. O‘quvchilar
    jamoasida faol rahbarligida o‘z-o‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. 68
    Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
    O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.

    Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:


    1. kundalik faoliyat an’analari;

    2. bayram an’analari.

    Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
    Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
    An’anaviy bayramlar o‘quv muassasalarida turlicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo‘lsalargina uning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi.
    An’analarning yuzaga kelishida o‘quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o‘qituvchilar o‘quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag‘ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo‘ymasligi zarur.
    Tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘qituvchilar jamoasi yoki o‘qituvchi tomonidan ushbu jarayonda o‘quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga o‘rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   301




    Download 0,96 Mb.