|
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin
|
bet | 101/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22
Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko‘ra to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi.
Jamoani shakllantirish o‘ziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo‘yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
68 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
Jamoaning mustahkam bo‘lishi, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. 2.Tarbiya maqsadi nimadan iborat?
3.Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4..Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi?
Jamoa nima?
5.O‘quvchilar jamoasining ishlab chiqarish jamoalaridan farqi nimada? 6.Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.
Jamoani shakllantirish bosqichlarini sanang va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga batafsil to‘xtaling.
Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so‘zlang. 9.Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?
Reja:
Tarbiya metodlari mohiyati va uning tasnifi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish.Pedagogik rag‘batlantirish metodlari va xulq-atvorni tuzatish. Tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari.
|
| |