|
Shaxs ongini shakllantirish metodlariga
|
bet | 106/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Shaxs ongini shakllantirish metodlariga: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, etik suhbat, ishontirish, nasihat, yo‘riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna;
Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlariga mashqlantirish, odatlantirish, pedagogik talablar, jamoat fikri, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.
Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlariga: musobaqa, rag‘batlantirish va jazolash kiradi.
Tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi erkin yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi _erin ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
Nazorat uchun savollar:
Tarbiya metodlarining maqsadi va tamoyillarini tushuntirib bering.
Tarbiya metodlaridan hikoya, suhbat, namuna hamda ma’ruza qanday hollarda qo‘llaniladi?
Xalq pedagogikasi qanday tarbiya metodlariga ega?
Rag‘batlantirish va jazolash metodlari haqida gapirib bering.
|
| |