|
Mavzu: Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalash
|
bet | 107/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mavzu: Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalash
Reja:
Ilmiy dunyoqarash, tafakkur va milliy mafkurani shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayoni maqsadi sifatida.Aqliy tarbiyaning vazifalari va mazmuni. Bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aqliy tarbiyaning asosi.Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari, funktsiyalari.O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish. Vatanparvarlik va baynalminallik fuqarolik tarbiyasi asosi.Xuquqiy tarbiya. Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish - fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.Mexnat tarbiyasi maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari.Iqtisodiy tarbiya mexnat tarbiyasining tarkibiy qismi sifatida.Ahloq ijtimoiy ong, ta’sir etish, va tarbiya shakli sifatida.Axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari.
Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni, shakl va metodlari.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari.
Tayanch tushunchalar:
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi.
Ilmiy tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.71
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum xuquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalk)– o‘zga millat va elatlarning hak-xuquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat kilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tugilib o‘sgan vatani tarixidan gururlanishi, buguni to‘grisida kaygurishi hamda uning porlok istikboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
71 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. – B. 24.
|
| |