|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 51/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin13.5-rasm. Isitish bloki
Etkazib berilishi
Konditsionerlar KSKP – 45 gacha iste’molchiga yig‘ilgan holda etkazib beriladi.
Montaj jarayonidagi mablag‘larni tejash maqsadidia hamda transportda tashiishga qulay bo‘lishi uchun hamda KSKP konditsionerlarni bitta ramada monoblok ko‘rinishida maksimal zavodda yig‘iladi. Etarli kenglikdagi eshik o‘lchamlari, ko‘tarish mexanizmlari bo‘lmagan holda KSKP – 50, 100 konditsionerlarni alohida qismlarga bo‘lak – bo‘lak paketlar ko‘rinishida etkaziladi. Qanday harakatda etkazish usulini (monbloklar, bloklar, paketlar) so‘rov varag‘ida ko‘rsatiladi.
Konditsionerlar standart yuqori zichlikli polietilenga o‘raladi, qo‘shimcha haq to‘langanda – pofrokarton bilan o‘raladi va yog‘ochdan panjara qilinadi.
13.6-rasm. Umumiy ko‘rinishi
KSKP konditsionerlarni asosiy afzalliklari:
buyurtmachining shaxsiy talabiga ko‘ra ishlab chiqarilishi;
maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi va kataloglar yordamida tezkor (operativ) yig‘ish mumkinligi;
ishlab chiqariladigan zavodning shaxsiy avtomatika bilan komplektlanishi;
ISO – 9001 me’yoriga javob beradigan maxsulotni yuqori sifati kafolatlanadi;
zamonaviy texnologik liniyada ishlab chiqariladi;
konditsionerni konstruksiyasi blokli yoki monoblokli bo‘lishi mumkin;
loyiha institutlari va buyurtmachini loyihaning barcha etaplarida bepul maslahat berish va informatsiya bilan ta’minlanishi;
ishlatish joyida operativ servis va texnik xizmat ko‘rsatish;
montajni tashkil etish, kafolat davrida va undan keyingi davrda servis xizmat ko‘rsatish;
konditsionerni qobig‘ini kafolati 5 yil;
ishlab chiqarish va buyurtmachiga jo‘natish 4 – 5 haftadan ortmaydi.
Regionlarda vakolatxonalar keng tarmoqli.
|
| |