|
Ventilyasiya tizimlarini tebranish izolyasiyasi
|
bet | 48/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin12.5. Ventilyasiya tizimlarini tebranish izolyasiyasi.
Ventilyasion qurilmalar ishlayotganda vujudga kelgan, havo yuruvchi quvurlarga va qurilma o‘rnatilgan asosga o‘zatiladi. Tebranish qattiq jismlarda vujudga keladigan tovush sababchisidir. Ventilyator poydevorga o‘rnatilganda tebranishlar zamin orqali binoning yopmasi, poydevor va to‘siq devorlariga o‘zatiladi. Ventilyatorlar qavatlar orasidagi yopmaga o‘rnatilganda bu tebranish to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastda joylashgan xonalarga o‘zatiladi. Asosga berilayotgan bu tebranishlar ventilyatorni vibroizolyatorlarga o‘rnatish bilan kamaytirishi mumkin.
Material bo‘yicha tebranishlarning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatuvchi tebranish izolyatorlari sifatida prujinali amortizatorlar va qayishqoq zichlamalar qo‘llaniladi. Vibroizolyator (tebranish izolyatorlari) samaradorligi dinamik zo‘riqishlarni asosga uzatish koeffitsienti bilan baholanadi
= F0/Fy, (12.12)
bu erda F0-tebranish izolyatorlari orqali asosga o‘zatilayotgan dinamik kuch amplitudasi: Fu-asosdan izolyasiya qilingan qurilmaga ta’sir ko‘rsatayotgan dinamik kuch amplitudasi.
Material bo‘yicha tebranishlarning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatuvchi tebranish izolyatorlari sifatida prujinali amortizatorlar va qayishqoq zichlamalar qo‘llaniladi.
Eng yaxshi tebranishni izolyasiyalash xususiyatiga doimiy qayishqoqlik va katta egiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan po‘lat prujinali tebranish izolyatorlarida erishiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan prujinali tebranish izolyatorlari konstruksiyasi 2-rasmda keltirilgan.
Rezinadan o‘rnatilgan zichlama tovush chastotasi 40 Gs va undan yuqori bo‘lgan tebranish izolyasiyasini ta’minlaydi, bu esa ventilyatorni n 1800min-1 aylanish chastotasiga mos keladi. SHu tufayli uni ventilyasion qurilmalar uchun qo‘llash ko‘p hollarda zarur bo‘lgan effektni bermaydi.
12.2 – rasm. Prujinali vibroizolyatorlar
a- DO38-DO45 turlaridagi; b- V 76a 10.00.020 rusumli teng chastotali: v- VI-500 turlardagi
Odatda ventilyasion qurilmalar loyihalashtirilayotganda tebranishni izolyasiyalovchi asoslar, ishlab chiqilgan namunaviy chizmalar asosida tanlanadi.
|
| |