|
Ventilyasiya tizimlarida shovqinga qarshi kurash
|
bet | 47/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin12.2. Ventilyasiya tizimlarida shovqinga qarshi kurash.
SHovqin bilan kurash. SHovqin bilan kurashganda kompleks ishlar bajariladi:
1. Kam shovqinlik ventilyator o‘rnatish.
2. Ventilyatorning optimal ishlash rejimini tanlash.
3. Havoning quvurlardagi optimal tezligini qabul etish: jamoat binolarda-magistral quvurlarda 5-6 m/sek gacha; tarqatish quvurlarida 2-4 m/sek gacha; sanoat binolarida: magistral quvurlarda 10-12 m/sek gacha; tarqatish quvurlarida 4-8 m/sek gacha.
4. Xonaning akustik sifatini o‘zgartirish. Buning uchun har xil shovqin so‘ndiruvchi gilofiy plitalar ishlatiladi.
5. SHovqin quvurida ventilyatordan keyin shovqin so‘ndirgichlar qurilmasini o‘rnatish.
Tebranishni kamaytirish uchun ventilyatorga ulanadigan havo quvurlari yumshoq vstavkalar bilan ulanadi.
12.3. SHovqin so‘ndirgich qurilmalari.
Ventilyasiya tizimlarida shovqinni kamaytirish uchun dissipativ ta’sir ko‘rsatadigan shovqin so‘ndirgich qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarda shovqin dissipatsiya, ya’ni sochib tugatilishi bilan bartaraf etiladi.
To‘zilishi bo‘yicha bu qurilmalar quvurli (a), uyali (b), plastinkasimon (v) va kamerali (g) bo‘lishi mumkin (12.1-rasm.).
12.1-rasm. SHovqin so‘ndirgichlarning chizmalari
a-quvurli; b- uyali; v- plastinkasimon; g- kamerali; 1-tashqi qoplama; 2-tovush yutuvchi material; 3-perforatsiyalangan havo quvuri; 4-tovush yutuvchi kataklar; 5-tovush yutuvchi plastinalar; 6-havo o‘tkazish kanallari; 7-oqim maromlashtirgich; 8-plastina karkaslari; 9-gazlama; 10-setka; 11-kamera; 12-pardoz qoplama.
Kanallarda shovqin kamayishi quyidagi tarkibiy ifodadan topiladi.
(12.8)
bu erda: L-kanalda tovush quvvatini yo‘qolishi, dB; a-kanallar devorlari bilan tovush yutilish koeffitsienti; P-kanal ko‘ndalang kesimining perimetri, m; F-kanal kesimining yuzasi, m2; l-kanal uzunligi, m.
12.4. SHovqin pasaytirgichlar va ularni hisobi.
SHovqin so‘ndirgich qurilmasi hisoblanganda quyidagi kattaliklar aniqlanadi:
1. kanallarning umumiy havo o‘tish yuzalarining yig‘indisi, m2.
2. qurilmaning uzunligi (quvurlar, mum katak va plastinkalar) yoki kameralar soni va o‘lchamlari.
3. qurilmaning havo trakti bo‘yicha gidravlik qarshiligi.
qurilmaning umumiy havo o‘tish kesimining yuzasi
, m2 (12.9)
bu erda: L-tovush so‘ndirgich qurilmasidagi havoning sarfi, m3/s.; rux-qurilmadagi ruxsat etilgan havo tezligi, m/s.
Bu kattalik shovqin hosil bo‘lishi darajasi va ega bo‘lgan bosim yo‘qolishiga bog‘liq ravishda QMQ 2. 01.08-96 dan qabul qilinadi.
qurilmaning uzunligi
, m (12.10)
bu erda; -qurilmaning uzunligi, m; LT-shovqin so‘ndirgichini talab etilgan kattaligi, dB; L-1 m o‘zunlikka ega bo‘lgan qurilmaning shovqin so‘ndirgich qobiliyati, dB.
Masalan, turar joy va jamoat binolari, yordamchi binolar va korxona xonalari uchun, agar havo o‘tkazuvchi quvurlarni bino (xona) gacha uzunligi 5-8 m dan kam bo‘lmasa, havoni harakatlanishi tezligi 4 m/sek - 30dB tovush darajasi uchun; 6 m/sek - 40 dB, 8 m/sek-50dB, 10 m/sek -55 dB.
qurilmaning gidravlik qarshiligi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
, Pa (12.11)
bu erda: Rs-shovqin so‘ndirgich qurilmasidagi bosim yo‘qolishi, Pa; -mahalliy qarshiliklar koeffitsienti; -ishqalanishi qarshilik koeffitsienti; d-gidravlik diametr, m; -havoning zichligi; kg/m3; -shovqin so‘ndirgich qurilmadagi havo tezligi, m/s.
|
| |