|
Ventilyasiya va havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 55/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin13.18-rasm. Ventilyator bloki
Ikki yoqlama so‘rib oladigan, kuraklari orqaga yoki oldinga bukilgan, g‘ildiraklari dinamik muvozanatli markazdan qochma ventilyatorlar ishlatiladi. Maxsus buyurtma bo‘yicha, g‘ildiraklari spiral qobig‘siz ventilyatorlar yasaladi. Ikki yoqlama so‘rib oladigan ventilyatorlarning ishchi g‘ildiraklari texnik hizmat talab etilmaydigan tebranuvchi podshipniklarga o‘rnatiladi. Elektrodvigatel bilan ventilyator umumiy ramada rezinali tebranishga qarshi tayanchlarga o‘rnatiladi va blokning qobig‘i bilan yumshoq qistirma orqali biriktirilishi ventilyatordan tebranishni vibratsiyani uzatilishini mustasno etadi. Engil xizmat qiladigan, tupchaglari bo‘laklarga bo‘linadigan shkivlari ishlatiladi. Elektrodvigatellar ISO 9001, g‘ildirakning izolyasiyasi BIP 54 (44) me’yoriy talablarga javob beradigan, Optibelt sifatli remen uzatmalar yordamida birlashtiriladigan elektrodvigatellar ishlab chiqariladi.
Talab bo‘yicha ventilyatorlar ko‘p tezlikli dvigatellar bilan komplektlanadi. Konditsionerdan chiqish tirqishida yumshoq qistirma o‘rnatiladi.
13.18-rasm. Ikki yoqlama so‘rib oladigan ventilyatorlar
13.19-rasm. SHkiv tupchaglari bilan
13.20-rasm. Ventilyator – bo‘sh g‘ildirak d = 250...1250 mm
13.21-rasm. Ko‘rish uchun lyuk Uzatmalar to‘r bilan himoyalangan
Suvli, bug‘li havo isitish bloki
Konditsionerni birinchi va ikkinchi bosqichida seksiyalarini sirtli issiqlik almashtirgich apparatidagi majburiy konveksiya hisobiga havoni isitish vazifasini bajaradi.
KSKP konditsionerlaridagi issiqlik almashtirgichlar alyumin folgadan yasalgan qobirg‘ali gofrlangan plastinali ko‘pqatorli choksiz mis naychalardan tashkil topgan ruxlangan po‘lat karkasga kiydiriladi. Issiqlik tashuvchi sifatida harorati 180 0S li suv 150 0S bo‘lgan bug‘, issiq va o‘ta qizdirilgan suv ishlatiladi.
Issiqlik tashuvchi suv – tagidagi patrubok orqali, bug‘ yuqori patrubok orqali uzatiladi. Blok havoni gorizontal oqimini ta’minlaydi. Blokning konstruksiyasi issiqlik almashinuvi muhitlarni to‘g‘ri va qarama – qarshi oqim sxemasini ta’minlaydi. Bloklar aylanma kanalli, qo‘lda va elektr uzatmalar bilan jihozlari bilan ishlab chiqariladi.
Blokdagi issiqlik almashtirgichlar ularni nazoratqilish imkoniyati bo‘lishi uchun yo‘naltiruvchi relslarda o‘rnatiladi.
Patruboklar panellardan o‘tish joyida rezina qistirmalar bilan zichlanadi doim xizmat qilish tarafiga chiqarilgan bo‘ladi va havo chiqarish jo‘mraklari bilan jihozlanadi.
Issiqlik almashgichlarni issiqlik tarmog‘iga rezbada, flanetsli yoki payvandlash yo‘li bilan ulash mumkin. Barcha issiqlik almashgich quvurlar siqilgan havo bilan suv bosimi 1,8 MPa da sinaladi.
Issiqlik almashgichlarning unumdorligi iste’molchining shaxsiy buyurtmasiga asosan, ekspluatatsiya jarayonida energiya tejamkorligini yuqori darajaga erishishi imkoniyatini yaratadi.
|
| |