|
-rasm. To‘g‘ri oqimli ventilyator agregati
|
bet | 53/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin13.9-rasm. To‘g‘ri oqimli ventilyator agregati
13.10-rasm. Monoblok (qabul qilish va aralashtirish bo‘limi)
13.11-rasm. Monoblok – havo isitish bo‘limi VNV, havo sovutish bo‘limi (kompressor - bug‘latgichli, elektr yordamida havoni isitish)
Tashqarida o‘rnatiladigan “KSKP – N” konditsioneri
Konditsionerni karkasi alyuminiyli profildan yasaladi.
Panellarning ichki sirti ruxlangan po‘latdan, tashqi sirti atmosferaga chidamli polimer qoplamali, kukunsifat bo‘yoq bilan qoplanadi.
Burchaklar ochilmaydigan panellar va rigellar orasidagi tirqishlar (atrof muhit ta’siriga chidamli maxsus germetiklar) va birikmalar bilan germetiklanadi.
Atmosfera yog‘inlaridan himoyalash uchun konditsionerni tekis qopqog‘i bor.
Atmosfera yog‘inlaridan himoyalash maqsadida konditsionerga kirishda himoyalovchi panjara yoki turli himoyalovchi soyabon o‘rnatiladi.
Havo qabul qilish klapani uzatma bilan blokni ichida joylashgan.
Ventilyator blokini pastga qaratib o‘rnatish mumkin.
13.12-rasm. Qabul qilish klapani
KSKP bloklarini tasnifi
Bloklarning qobig‘i.
Panellar – tog‘ jinsli mikroultrasuperigichka bazalt tola yoki poliurentan ko‘pik bilan to‘ldiriladi.
YUqori shovqindan himoya xususiyatlarga ega.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik.
Standart ikki xil ishlatiladigan to‘q havo rang va ruxlangan po‘lat rangli.
Funksional bloklarning qobig‘i – seksiyalari karkas konstruksiyali rigellar va maxsus profilli tirgaklar, bog‘langan burchak element laridan yasalgan.
Tashqi to‘siq sifatida olinadigan va olinmaydigan yoki xizmat qiluvchi tarafga ochiladigan issiqlikdan himoya panellar xizmat qiladi.
Standart sharoitda panellar ikkita po‘lat listdan yasalgan bo‘lib, tashqarisi to‘q havo rangga bo‘yalgan RAL 5017 bo‘ladi.
Panellar orasidagi bo‘shliq 1000 0S gacha suv yuqtirmaydigan (hajmdan 1,5 % gacha) yuqori shovqindan himoyalovchi xususiyatli (shovqinni 30 dBA gacha pasaytiruvchi va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlik (0,2 ÷ 0,03 VT/m grad) ega bo‘lgan qiyin yonuvchi mineral (bazalt) paxta to‘ldiriladi.
Mustahkamlikka yuqori talab qo‘yilganda panllar korpusi poliuretan ko‘pik bilan to‘ldiriladi.
Konditsioner bloklari o‘zaro boltlar yordamida, panellarni o‘rnatilishi va bloklarni birlashtilishi zichlantiruvchi qistirmalarni o‘rnatilishi, ichki bloklarni germetikligini va ularni yuqori darajada mustahkamligini ta’minlaydi.
KSKP 50 ÷ 100 konditsionerlari alohida bloklar shaklida ishlab chiqariladi.
|
| |