|
– bob. CHiller-fankoylli havoni konditsiyalash tizimlari
|
bet | 61/69 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 28,88 Mb. | | #159966 |
Bog'liq Вентиляция lotin14 – bob. CHiller-fankoylli havoni konditsiyalash tizimlari.
14.1. CHillerlar, asosiy konstruktiv elementlari va ularning texnik tavfsiflari.
Umumiy ma’lumotlar, tarkibi, ishlash prinsipi.
CHillerli va fankoylli tizimlar bir vaqtning o‘zida bir nechta xonalarda, mehmonxona va ofislarda haroratni bog‘liqsiz sozlanishini ta’minlash mumkin.
Iste’molchilar: konditsioner – dovodchiklar (fankoyllar) ixtiyoriy ravishda yoqilishi va o‘chirilishi, o‘zining sovuqlik va issiqlik unumdorligini o‘zgartirishi mumkin.
Fankoyllardan tashqari iste’molchilar sifatida markaziy konditsionerning issiqlik almashgichlari, qandaydir (qaysiki) texnologik uskunalar bo‘lishi mumkin.
Sovutish jarayoni oxirgi iste’molchiga sovuqlik manbaidan quvurlar tizimida sirkulyasiya qilayotgan suyuqlik vositasida amalga oshiriladi.
Sovuqlik manbai – suyuqlik sovutuvchi chiller xizmat qiladi.
CHiller – bu sovutish mashinasi – suyuqlikni sovutish uchun mo‘ljallangan (suv muzlamaydigan suyuqlik). CHillerning ba’zi bir modellari issiqlik nasosi rejimida ishlashi mumkin. Bunday holatda xonani isitish imkoniyatiniyaratiladi.
14.1 rasm: CHiller qurilmasi
14.2 – rasm: CLIVET firmasiga tegishli chillerlarning turlari
14.1. Fankoyllar, asosiy konstruktiv elementlari va ularning texnik tavfsiflari.
Fankoyl – xonada o‘rnatiladigan qurilma bo‘lib, issiqlik almashgich va ventilyator, filtr, sozlovchi pult (tashqarida o‘rnatiladigan yoki birgalikda o‘rnatiladigan)dan tashkil topgan.
14.3 - rasm: Fankoyl qurilmasining sxematik ko‘rinishi
1-issiqlik almashgich; 2-taglik; 3-havo chiqarish uchun to‘r; 4-qobiq; 5-boshqaruv paneli; 6-boshqaruv bloki; 7-setkali filtir; 8-vintelyatorli elektrodvigatel; 9- elektrodvigatel; 10-ichki korpus:
14.4 – rasm: CLIVET firmasiga tegishli fankoyllarning turlari.
|
| |